O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berish boshlandi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 04Dekabr 2016Manba:uzreport.uz

Bugun soat 6 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi barcha 14 saylov okrugida saylov uchastkalari ochildi va ovoz berish jarayoni boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.
Saylovchilar ro‘yxatiga mamlakatimizning 20 million nafardan ortiq fuqarolari kiritilgan.
Xorijiy davlatlardan va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida saylov kampaniyasining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini 46 davlat va beshta xalqaro tashkilot – YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Islom hamkorlik tashkilotidan 500 nafardan ziyod vakillari kuzatayotir. Saylov kampaniyani xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarining 1400 dan ziyod vakillari yoritib bormoqda.