O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida xalqaro anjuman yakuniga yetdi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 6 Феврал 2017 Manba:edu.uz

3-4 fevral kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda “English is Key to Dialogue” (Ingliz tili - muloqot kaliti) mavzusidagi xalqaro anjuman o‘tkazildi.
Unda 250 nafar mutaxassislar: respublika OTMlarining ingliz tili o’qituvchilari, AQShning Markaziy Osiyo universitetlarida faoliyat olib borayotgan ingliz tili mutaxassislari va boshqa xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Ikki kunlik konferensiya dasturi yalpi majlis, sho’ba yig’ilishlarida ilmiy ma’ruzalar, mahorat darslari, alohida seminarlar, kitob lotereyasi va boshqa shu kabi tadbirlarni o‘z ichiga oldi.
"O‘zbekistonda xorijiy tillar" nomli elektron jurnal va internet portal tomonidan Chet tillarni o’qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi bilan birgalikda tashkil etilgan mazkur konferensiya xalqaro va mahalliy ingliz tili o’qituvchilarining o’zaro muloqot qilishlari, tajriba almashishlari uchun ahamiyatli bo’ldi.
Konferensiya yakunida ishtirokchilarga sertifikat va 200dan ortiq ilmiy ishlar orasidan saralangan 80 ta ilmiy maqolalar media-dastur to‘plami ko‘rinishida CD disklarda tarqatildi.