O'zbekiston nefti va gazi OGU 2016 ko'rgazmasida Angren shaxridagi Uz-Prista Recycling o'zbek-bolgar qo'shma korxonasiga start berildi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 18 May 2016y Manba:uzreport.uz

Joriy yilning 18 may kuni poytaxtimizdagi «O'zekspomarkaz» da 20- “O'zbekiston nefti va gazi OGU 2016” hamda 11- “Energetika - Power Uzbekistan 2016” Xalqaro ko'rgazmalari o'z ishini boshladi. Tadbirni ITE Uzbekistan Xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkorlari – ITE kompaniyalari guruhi uyushtirmoqda. Ta'kidlash kerakki, OGU tadbirlari 20 yil davomda mamlakatimizning neft-gaz sohasidagi muhim voqea bo'lib kelyapti. O'z navbatida, “Energetika - Power Uzbekistan” munosib ravishda elektroenergetika sohasidagi eng yirik va tashrif buyuruvchilari soni bo'yicha keng ko'lamdagi ko'rgazma hisoblanadi. Bu yil OGU ko'rgazmasi o'zining 20 yilligini nishonlamoqda. Shu o'tgan davr mobaynida O'zbekistonning neft va gaz sohasida ulkan o'zgarishlar ro'y berdi, yirik itnshoatlar foydalanishga topshirildi, soha korxonalariga katta hajmdagi investitsiyalar jalb etildi.
“O'zbekiston nefti va gazi OGU 2016” Xalqaro ko'rgazmasining ochilish marosimida O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari, Geologiya, yoqilgi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari G'ulomjon Ibragimov, Bolgariya Respublikasi Bosh vaziri Boyko Borisov , shuningdek uglevodorod muammolari bilan shug'ullanuvchi xalqaro institutlar hamda yurtimizda joylashgan diplomatik korpus vakilllari ishtrok etishdi.
So'zga chiqganlar mazkur ko'rgazma va konferensiya O'zbekiston neftegaz sanoati rivojining ifodasi bo'lib qolishini alohida takidlab o'tishdi. Yigirma yillik tarix natijalarni sarhisob qilish uchun esa bu tadbirlar yaxshi sabab bo'ladi. O'tgan yillar mobaynida ko'rgazma va konferensiyada 51 ta mamlakatning 2000 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etgan. Bu yil ko'rgazma tashkilotchilari nafaqat ishtirokchi kompaniyalar, balki ko'rgazmaga tashrif buyuradigan mehmonlarni ham hayratga soladigan bir qancha yangi loyihalarni ishlab chiqishdi. Marosiming eng muhim voqeasi O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari Ibragimov va Bolgariya Bosh vaziri Borisovning Angren shaxridagi Uz-Prista Recycling o'zbek-bolgar qo'shma korxonasiga start berganligi bo'ldi. Birinchi marta mana shunday tadbir teleko'prik shaklida o'tkazildi va bu UzReport TV kanali tomonidan amalga oshirildi. Teleko'prik real vaqt rejimida Toshkent va Angrenni bog'ladi.
Bolgariya Respublikasi Bosh vaziri Boyko Borisov:
– Bugun biz innovatsiyaning guvohi bo'ldik. Yangi obyektni korxonaning o'zida ochish o'rniga, texnik vosita yordamida investitsion loyihaga shu yerning o'zida start berdik. Nima uchun, men ushbu obyektni innovatsiya siftatida tilga oldim. Ma'lumki, qayta ishlangan motor moylari atrof muhitni ifloslantiradi. Litsenziyalangan qurilma yordamida esa moy qayta ishlanib, dizel, motor moyi tayyorlanadi. Bu yangi ish o'rinlari degani hamdir. Biz O'zbekistonni Bolgariya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida o'ziga xos ko'prik deb hisoblaymiz.
Endi yurtimizda birlamchi foydalanilgan motor moylarini qayta ishlab chiqaruvchi ya'ngi korxona ish boshladi. Ma'lumot ornida aytish joizki Qo'shma korxona yiliga 43 ming tonna birlamchi foydalanilgan motor moylarini qayta ishlab, 30 ming tonna tayyor mahsulot ishlab chiqaradi.
Ochilish marosimidan so'ng 26 ta mamlakatning 200 dan ortiq kompaniyalarini jalb qilgan ko'rgazma o'z ishini boshladi. Bu yerda jahonning nufuzli xalqaro xolding va kompaniyalari o'z mahsulotlarini taqdim etishmoqda. Ko'rgazmada "O'zbekneftegaz" Milliy xolding kompaniyasining an'anaviy tarzda faol ishtiroki OGU ishida strategik muhim rolni o'ynamoqda. Shuningdek «Gazprom», «Lukoyl», «SOCAR» kabi dunyodagi yetakchi kompaniyalar stendlari tomoshabinlarning diqqat markazida bo'ldi.
Petr Glinyak – «Exalo Drilling» kompaniyasining vitse-prezidenti (Polsha):
– Biz bu ko'rgazmada 4- bor ishtrok etmoqdamiz. Birinchisida biz mamlakatingizning neft-kimyo sohasi, ushbu bozordagi istiqbollar bilan yaqindan tanishishga harakat qilgan edik. Kompaniya haqida gapiradigan bo'lsak, biz burg'ilash va servis xizmatni amalga oshiramiz. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, mazkur ko'rgazma biz uchun juda ahamiyatlidir. Biz bilan mazkur sohada hamkorlik qilishni istagan kompaniyalar ko'p bo'lib, bu esa o'z navbatida kompaniyamiz uchun O'zbekiston bozorida yangi istiqbollarni ochishigi ishonaman.
Bundan tashqari, “O'zekspomarkaz”da “Energetika - Power Uzbekistan 2016” xalqaro ko'rgazmasi ham o'z ishini boshladi. U 10 yildan ortiq vaqt davomida O'zbekistonning energetika sohasida asosiy xalqaro voqea bo'lib kelmoqda. Ko'rgazma ekspozitsiyalari energetika majmuasining barcha asosiy yo'nalishlari - energetika, energiyani tejash, elektrotexnika uskunalari ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi. Shuningdek ko'rgazma doirasida an'anaviy “O'zbekiston nefti va gazi” Xalqaro anjumani ham bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Unda O'zbekistonda neft va gaz sektorining rivojlanish istiqbollari muhokama etilib, bir qator takliflar ko'rib chiqiladi.
Umuman olganda, “O'zbekiston nefti va gazi OGU 2016” ko'rgazmasi va anjumani, “Energetika - Power Uzbekistan 2016” ko'rgazmasi neft-gaz va energetika sohalaridagi so'nggi yutuqlar va ishlanmalarni namoyish etish uchun samarali maydon bo'lib xizmat qilmoqda.