O'zbekistonda yetishtirilayotgan mahsulotlar uchun yangi bozorlar ochilmoqda

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 12 Iyul 2016 Manba:uzreport.uz

O'zekspomarkaz milliy ko'rgazmalar majmuasida I-xalqaro meva sabzavot yarmarkasi bugun o'z ishini boshladi.
Yarmarkada 40dan ortiq mamlakatdan qayta ishlovchi va savdo kompaniyalari, xalqaro savdo tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari, logistika kompaniyalari hamda mahalliy meva sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va qayta ishlovchi korxonalar vakillari ishtirok etmoqda. Qayd etish joiz mazkur Yarmarka «O'zbekoziqovqatxolding», «O'zagroeksport» kompaniyalari va Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi ma'muriyati tomonidan «O'zbekvinosanoat-xolding» va «O'zbekoziqovqatzaxira» assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda. Mazkur xalqaro ko'rgazma davlatimiz rahbarining 2016 yil 1 iyundagi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va uni har yili o'tkazib turish chora-tadbirlari to'g'risida qaroriga asosan tashkil etilmoqda. Kelgusi yildan boshlab yarmarka har yilning oktyabr oyida o'tkaziladi.
Ilk navbatdan tashqari I - Xalqaro meva sabzavot yarmarkasining ochilish marosimida so'zga chiqqanlar ushbu ko'rgazmani o'tkazishdan asosiy maqsad, O'zbekistonda ekologik toza, iste'molbop xususiyatlari va mazasi bo'yicha tengi yo'q sabzavot, meva, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirishning g'oyat katta imkoniyatlari mavjudligi, Shuningdek, sanoat asosida qayta ishlangan tayyor sifatli maxsulotlari haqida xorijiy qayta ishlovchi va savdo kompaniyalarini keng xabardor qilishdan iborat ekanligini ta'kidlab o'tishdi.
Shu bilan birga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot maxsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishning samarali va ochiq bozor mexanizmini shakllantirish hamda hamkor sheriklarni izlash va ular bilan meva sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish bo'yicha shartnomalari tuzishga qulay sharoit yaratish, meva sabzavot maxsulotlarini yetishtiruvchilar, qayta ishlash korxonalari hamda importyor kompaniyalar, dunyoga mashxur marketing tuzilmalari o'rtasida barqaror va uzoq muddatli kooperatsion aloqalar tizimini shakllantirish yarmarkaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Avvallari meva-sabzavot asosan Rossiya va Qozog'istonga eksport qilingan bo'lsa, hozirda Yevropa va Osiyo bozorlarida ham meva - sabzavotlarimizga talab oshib bormoqda. So'nggi besh yil ichida Norvegiya, Tailand, Vetnam, Malayziya, Indoneziya, Braziliya, Kipr, Makedoniya, AQSH va boshqa davlatlar hisobiga eksport geografiyasi kengaydi. O'zbekistonda yetishtirilayotgan mahsulotlar uchun yana boshqa bozorlarni ochishda esa Xalqaro meva sabzavot ko'rgazmasi katta axamiyat kasb etadi, desak mubolag'a bo'lmaydi.
Ko'rgazma povilonlarida respublikamizning har bir viloyati o'ziga xos takrorlanmas stendlari bilan ishtirok etmoqda. Bu yerda siz mazasi tilni yorar qovunlar, anoru uzumlar xullas o'zbekiston zaminida yetishtiriladigan barcha turdagi meva sabzavot va poliz ekinlarini uchratishingiz mumkin, shuni aytish joizki bu yerda navoyish etilayotgan har bir maxsulot xalqaro standartlarga javob beradigan maxsulotlar sirasiga kiradi.
Bundan tashqari yarmarkada mahalliy qayta ishlash korxonalari tomonidan taqdim etilayotgan quritilgan mevalar, turli xil sharbatlar, meva sabzavot va poliz ekinlaridan tayyorlangan maxsulotlar taqdim etilgan.
Shuni qayd etish kerakki mazkur xalqaro ko'rgazma «O'zekspormarkaz» milliy ko'rgazmalar majmuasining barcha povilonlarini qamrab oldi. Bundan tashqari majmuaning xovlisida aloxida meva sabzavot va poliz ekinlarini tashish uchun mo'ljallangan refrejiratorlar ham taqdim etilmoqda. Ko'rgazmaning birinchi kunidayoq bir qancha chet ellik ishtirokchilar bilan o'zaro integratsion suxbatlar o'tkazilib kelishuvlar imolandi.
Yarmarkada taqdim etilayotgan maxsulotlar bilan 16 iyulga qadar tanishingiz mumkin.