science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

OILA INSTITUTINI MUSTAHKAMLASH HAMDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI, TA’LIM MUASSASALARI VA IJTIMOIY INSTITUTLAR HAMKORLIGI

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 19  Aprel 2018 Manba:edu.uz

Joriy yilning 18 aprel kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida “Oila institutini mustahkamlash hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashda ta’lim muassasalari va ijtimoiy institutlar hamkorligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi mutaxassislari, respublika oliy ta’lim muassasalarining xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlari vakillari hamda talaba-qizlar ishtirok etdi. Davra suhbati videokonfensiya shaklida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 2 fevralidagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirishdan iborat.
Shuningdek, videokonfensiyada yangi tashkil etilgan “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining maqsad va vazifalari hamda markazning oilani mustahkamlashdagi o‘rni haqida yig‘ilganlarga atroficha tushuncha berildi.
Tadbirda xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etilganligi hamda “Oila institutini mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil qilinganligi haqida ma’lum qilindi.