Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

OLIMPIYACHILARIMIZ RAQIBLARI MA'LUM

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 5 Avgust 2016 Manba:mcs.uz

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida to‘rt yillikning yirik sport tadbiri – XXXI Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimiga sanoqli soatlar qolyapti.
Musobaqaning jamoaviy o‘yinlari taqvimlari allaqachon e’lon qilingan, yakkalik bahslari esa sport o‘yinlari arafasida tuzilyapti, raqiblar ma’lum qilinyapti. Jumladan, kechadan e’tiboran o‘zbekistonlik sportchilar ham o‘zlarining raqiblari kimlar ekanligidan xabar topa boshladi. Jumladan,
BOKS
O‘zbekistonliklarning Riodagi ishtirokini aynan bokschilarimiz boshlab berishadi. Birinchi bo‘lib ringga 60 kg. vaznda Xurshid TOJIBOEV ko‘tariladi. U birinchi bosqichda qatarlik Xakan Eresker bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Ushbu jang 6 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.00ga belgilangan. Shu kunning o‘zida yana ikki nafar hamyurtimiz ringga chiqishi belgilangandi – Elshod RASULOV (81 kg) va Rustam TO‘LAGANOV (91 kg), biroq qur’aga ko‘ra ular ishtirokini nimchorak finaldan boshlaydigan bo‘lishdi. Rasulovning 1/8 finaldagi raqibi saralash bosqich janglaridan so‘ng ma’lum bo‘ladi, To‘laganov esa nimchorak finalda ekvadorlik Xulio Sezar Kastiloga qarshi ringga ko‘tariladi.
Saralash bahslari 7 avgustga belgilangan Hasanboy DO‘SMATOV (91 kg) ham qur’aga ko‘ra janglarini nimchorak finaldan boshlaydi. -69 kg vazn toifasidagi bokschimiz Shahram G‘IYOSOV ilk jangida ispaniyalik Yuba Ndyae Sissoko bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Ushbu jang 8 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.00da boshlanadi.
9 avgustda taqvim bo‘yicha Bektemir MELIQO‘ZIEV (75 kg) bahslarga kirishishi lozim edi, quvonarligi, u ham qur’aga ko‘ra nimchorak finaldan ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. Hamyurtimiz 1/8 finalda Tomash Yablonski (Polsha) va Daniel Levis (Avstraliya) g‘olibiga qarshi jang olib boradi. Huddi shu kuni Bahodir JALOLOV ham ringga chiqishi lozim bo‘lgan holda, jangsiz navbatdagi bosqichga yo‘llanma oldi va 1/8 finalda u Edgar Munoz (Venesuela)ga qarshi jang o‘tkazadi.
10 avgustda o‘zbekistonlik muxlislar Fazliddin G‘OIBNAZAROV (64 kg) jangini kuzatishlari mumkin. Yurtdoshimiz kongolik Dival Malongo bilan bahs yuritadi. Shu kun taqvimidan Murodjon AHMADIALIEVning (56 kg) jangi o‘rin olgandi, biroq u ham bahslarni keyingi bosqichdan boshlaydi. Bunda hamyurtimizga Javid Chalabiev (Ozarboyjon) va Qayrat Yeraliev (Qozog‘iston) juftligi g‘olibi raqib bo‘ladi.
Ilk marotaba Olimpiadada qatnashayotgan sportchimiz Yodgoroy MIRZAEVA birinchi bosqichda kanadalik Mendi Buyoldga qarshi ringga chiqadigan bo‘ldi. Jang 12 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.00da boshlanadi.
-64 kg vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustamiz Fazliddin G‘oibnazarov ilk bosqichda kongolik Dival Jalamou Malongoga qarshi ringga ko‘tariladi. 25 yoshli hamyurtimiz ikkinchi bor to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etmoqda. Kongolik bokschi esa 21 yoshni qarshilagan va u uchun Rio Olimpiadasi faoliyatidagi dastlabki nufuzli musobaqa bo‘ladi. Bu jang 10 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
52 kg. vaznda jang o‘tkazuvchi Shahobiddin Zoirov musobaqaga 13 avgustda kirishadi. Uning dastlabki raqibi irlandiyalik Brendan Irvayn bo‘ladi.
TENNIS
To‘rt yillikning tennis musobaqasida ishtirok etadigan yagona tennischimiz Denis Istomin ham qur’a natijasidan so‘ng ilk bosqichdagi raqibini bilib oldi. Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi birinchi davrada ispaniyalik David Ferrerga qarshi kortga chiqadi. Ferrer dunyo reytingida 12-o‘rinni band etgan. Olimpiadada esa 7-raqam ostida tasniflangan. Hamyurtimiz Denis esa dunyo reytingida 106-pog‘onadan joy olgan.
Denis Istomin ispaniyalik tennischini mag‘lub etgan taqdirda ikkinchi davrada rossiyalik Yevgeniy Donskoy hamda germaniyalik Yan-Lennard Shtruff uchrashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
Tennis bahslari 6 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 18.45da start oladi.
DZYUDO
Bahslar 6 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 18.00da boshlanadi. Va ketma-ket kuniga bir nafardan kurashchimiz gilamga chiqadi. Terma jamoamiz tarkibidagi yagona ayol – Gulnoza Matniyozova 10 avgustdan saralash bahslariga kirishadi.
6 avgust. -60 kg: Diyorbek O‘rozboev – Joshua Kats (Avstraliya).
7 avgust. -66 kg: Rishod Sobirov – Dzimitri Shershan (Belarus)
8 avgust. -73 kg: Mirali Sharipov – Elmont Deks (Gollandiya)
9 avgust. -81 kg: Shahzodbek Sobirov – Xosateki Naulu (Fiji)
10 avgust. -90 kg: Sherali Jo‘raev – Abdurahmon Benamadi (Jazoir)
10 avgust. -70 kg: Gulnoza Matniyozova – Katarjina Klish (Polsha)
11 avgust. -100 kg: Soyib Qurbonov – Artyom Bloshenko (Ukraina)
12 avgust. +100 kg: Abdullo Tangriev – Derek Sua (Samoa)...