science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

OLIY TAʼLIM MUASSASALARINI NUFUZLI XALQARO REYTINGGA KIRITISH BOʻYICHA ISHLAR KUCHAYTIRILADI

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 30 Avgust 2018 Manba:edu.uz

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi jahon universitetlari reytingini belgilab beruvchi nufuzli QS kompaniyasi bilan oliy taʼlim muassasalarini xalqaro reytingga kiritish boʻyicha yaqindan hamkorlik qiladi.
Ayni masalalar oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov va QS kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari boʻyicha mintaqaviy direktori Zoya Zayseva ishtirokida boʻlib oʻtgan uchrashuvda muhokama qilindi.
Muzokaralarda respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarini xalqaro reytingga kiritish boʻyicha ishlarni tashkil etish va bu borada jahon tajribasini tatbiq etish, QS kompaniyasi bilan oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Shuningdek, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Uzoqboy Begimqulov va Zoya Zayseva ishtirokida respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari uchun videkonferensiya tashkil etilib, xalqaro reyting talablarini bajarish boʻyicha zarur maʼlumotlar berildi. Maʼlumot uchun, 2018 yil 23 mart kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Niderlandiyaning Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlikda “Ilm-fan – 2020” milliy rivojlantirish strategiyasi imzolangan.
Mazkur milliy strategiya doirasida respublikadagi oliy taʼlim muassasalarini xalqaro reytingga kiritish, Scopus va ScienceDirect kabi xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasidan foydalanishini tashkil etish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.