Har qanday elektron murojatni virtual qabulxona orqali amalga oshirishingiz mumkin

Qabul komissiyasi

Qabul monitoringi 2018

UrDU Qabul komissiyasi elektron pochta manzili urdu_qabul@umail.uz

Kontrakt to'lovlari miqdori

olimp science

Qo'ng'iroqlar markazi:
(0362)224-6605, (0362)224-66-09, (0362)224-66-17, (0362)224-66-18, (0362)224-66-47, (0362)224-03-62

Davlat ramzlari

Messenger

Qabul komissiyasi joylashgan o'rni

Xorijiy abiturientlar uchun hujjatlarni online taqdim qilish manzili: ursubox@gmail.com

OLIY TA’LIM MUASSASALARI O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN “YAGONASAN, MUQADDAS VATAN!” RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVINING YAKUNIY BOSQICHI O‘TKAZILDI

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 07 Iyul 2018 Manba:edu.uz

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida joriy yilning 7 iyul kuni O‘zbekiston davlat Konservatoriyasida Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi. Mazkur ko‘rik-tanlovda ta’lim muassasalarining 16 ta jamoalari Qarshi davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Nukus davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahar filiali hamda Termiz davlat universitetining Denov filiallari ishtirok etishdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, Samarqand davlat universiteti badiiy jamoasi 1-o‘rin, Qo‘qon davlat pedagogika instituti badiiy jamoasi 2-o‘rin, Guliston davlat universiteti badiiy jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib bo‘lgan jamoalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan Diplom, Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.