Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

OLIY TA'LIM MUASSASALARI TALABA-YOSHLARI O'RTASIDA 'TAFAKKUR SINOVLARI' RESPUBLIKA KO'RIK-TANLOVINING 2017 YILGI MAVSUMI BOSHLANDI

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 22 Март 2017 Manba:edu.uz

“Tafakkur sinovlari” respublika ko‘rik-tanlovini oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy ishchi guruhining 2017 yil 10 martdagi yig‘ilishi qaroriga muvofiq, joriy yilda oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Tafakkur sinovlari” respublika ko‘rik-tanlovini yuqori saviyada tashkil etish choralari belgilandi va 2017 yilgi mavsumini o‘tkazishga start berildi.
Tanlovning asosiy maqsadi mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tamonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda O‘zbekistonning eng yangi tarixi davrida siyosat va huquq sohalaridagi o‘zgarishlar va erishilgan yutuqlar bo‘yicha tarix, siyosiy-huquqiy bilimlari darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini hayotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratishdan iboratdir.
Tanlovning birinchi bosqichi oliy ta’lim muassasalari fakultetlari o‘rtasida mart oyida, ikkinchi (saralash) bosqichi aprel oyida, uchinchi (mintaqaviy) bosqichi may oyida, to‘rtinchi yakuniy (respublika) bosqichi noyabr oyida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun: o‘tgan yilda tanlovning respublika final bosqichi “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” shiori ostida o‘tkazilgan “Yoshlar haftaligi” tadbirlari doirasida 2016 yil 13 dekabr kuni “Yoshlar ijod saroyi”da tashkil etildi. Tanlov yakuni natijalariga ko‘ra 1-o‘ringa Andijon davlat universitetining “Andijon yoshlari”, 2-o‘ringa Toshkent davlat agrar universitetining “Agroislohotchi”, 3-o‘ringa Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining “Irrigator” jamoalari sazovor bo‘ldilar.