science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI XODIMLARI “MEHNAT FAXRIYSI” KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDILAR

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 19  Aprel 2018 Manba:edu.uz

Mamlakatimizning iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagi yurtdoshlarimizni, shuningdek, ishlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida mas’uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bag‘ishlab, jamiyatimizda hurmat qozongan onalarni munosib taqdirlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 iyuldagi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi PQ-3133-son qaroriga asosan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan.
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashining 2018 yil 12 apreldagi qaroriga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at kotibi Zakirov Marat Arifovich va Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv va metodik faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Irgash Karimov I-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.