Odam savdosi - umr zavoli

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 6 Iyun 2016 y Manba:edu.uz

Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi «Ma’naviyat va ma’rifat» markazida «Yoshlik» talabalar shaharchasi hokimligi, Olmazor tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda «Odam savdosi – umr zavoli» mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.
Tadbirda O`zbekiston milliy universiteti hamda Toshkent davlat texnika universitetining professor-o`qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida xorijda ishlashning qonuniy asoslari, odam savdosiga qarshi kurash, uning mudhish oqibatlari haqida tushunchalar berildi hamda ushbu illatning oldini olishda keng jamoatchilik va yoshlarning faol ishtiroki zarurligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida «Aldanganlar» nomli videofilm namoyish etildi va filmda aks ettirilgan voqeliklar, oson pul topish maqsadida begona yurtlarga ketish natijasida aldangan insonlar taqdirining ayanchli yakun topishi yuzasidan muhokama o`tkazildi.
Tadbir qizg`in tarzda o`tib, talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilardan batafsil javob olishdi.