Oksana Chusovitina World Challenge Cup musobaqasida ikki bor shohsupaga ko'tarildi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 11 Iyul 2016 Manba:mcs.uz

Turkiyaning Mersin shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkazilgan "World Challenge Cup” musobaqasida hamyurtimiz Oksana Chusovitina ikki bor shohsupaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi.
Dunyo sport gimnastikachilari orasida eng ko‘p Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan yurtdoshimiz Oksana Chusovitina tayanib sakrash bahslarida 15,325 ball jamg‘arib, oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, yakkacho‘pda mashq bajarishda 13,500 ball to‘plagan holda kumush medal bilan taqdirlandi.