Oliy ta'lim muassalari ilmiy ishlar bo'yicha prorektorlarining buyuk allomalarimizning ilmiy-ma'rifiy merosiga bag'ishlangan seminar-trening

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 7 Iyun 2017 Manba:edu.uz

Joriy yil 3 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlari bo‘yicha prorektorlari Kengashining qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida buyuk allomalarimizning ilmiy-ma’rifiy merosiga bag‘ishlangan seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.
Seminar treningni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlarini buyuk allomalarimizning ilmiy-ma’rifiy sohadagi bebaho merosini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar, mamlakatimiz hududida ilm-ma’rifat maskanlarining tashkil topishi va rivojlanishi tarixini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishtirish.
Shu bilan birga, mamlakatimiz hududida qadim davrlardan boshlab faoliyat yuritib kelgan ilm-ziyo maskanlari, ilmiy-ma’rifiy muassasalar, madrasa va akademiyalar tashkil etilishi va rivojlanishi tarixi bo‘yicha videofilm va ilmiy asoslangan ma’lumotlar broshyura ko‘rinishida taqdim etildi. Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Talabalar ilmiy-ma’rifiy markazini tashkil etish konsepsiyasi, ushbu markazning arxitektura-rejalashtirish loyihalari o‘zaro muhokama uchun taqdimot shaklida prorektorlarga namoyish etildi. Yig‘ilishda barcha oliy ta’lim muassasalari prorektorlari Kengashining Nizomi tasdiqlandi.
Yalpi majlisdan so‘ng seminar-trening ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov qabrini ziyorat qilindi hamda Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirildi.