Oliy ta'lim muassasalariaro matbuot anjumanlari boshlandi!

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 24 Апрел 2017 Manba:edu.uz

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “Ta’lim tizimining texnika yo‘nalishida (sohasida) xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlar samaradorligini oshirish” mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi” hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining joriy 11 martdagi 136-sonli buyrug‘i bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 21 aprel kuni Toshkent davlat texnika universitetining “O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsion markazi”da “Ta’lim tizimining texnika yo‘nalishida (sohasida) xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlar samaradorligini oshirish” mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida TTESI ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Gulamov, TTYMI ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i A.Merganov hamda TDTU ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori B.Mirzaxmedov ma’ruza qildilar. Chiqishlar anjuman ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi. Anjumanda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, yosh olimlari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari hamda magistrantlar ishtirok etdilar. Anjuman ishtirokchilari o‘zlarining savollariga ma’ruzachilar tomonidan aniq va to‘liq javob oldilar.
Matbuot anjumanida ommaviy-axborot vositalari (“Mening yurtim” telekanali, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi) muxbirlari va xodimlari ishtirok etdilar.
Oliy ta’lim muassasalariaro matbuot anjumanlari yil oxiriga qadar davom etadi.