Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Hay'ati Kengashining navbatdagi majlisi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti majlislar zalida o'tkazildi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 27 Avgust 2016 Manba:edu.uz

2016-yil 27-avgust kuni Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’ati Kengashining navbatdagi majlisi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti majlislar zalida o`tkazildi. Unda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida joylashgan barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari boshliqlari ishtirok etishdi.
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vaziri A.Vaxabov raislik qilgan ushbu majlisda quyidagi masalalar muhokama qilindi: respublika oliy ta’lim muassasalarini yangi 2016/2017-o`quv yiliga tayyorgarligi bo`yicha amalga oshirilgan ishlar haqida; oliy ta’lim muassasalaridagi obodonlashtirish ishlari holati, o`quv binolari va talabalar turar joylarining 2016/2017-o`quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi to`g`risida; umumta’lim maktablarining 9-sinf o`quvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o`qitish bilan qamrab olishni ta’minlash haqida.
Hay’ati Kengashi majlisi yakuni bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.