Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim tizimida ichki auditni yanada rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag'ishlangan o'quv-seminar o'tkazildi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 10 Iyun 2017 Manba:edu.uz

O‘quv seminari joriy yil 10 iyun kuni Toshkent moliya institutida bo‘lib o‘tdi.
O‘quv seminarining ochilishida qayd etildiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida PQ-2752-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Dasturi” tasdiqlangan.
Bugungi kunda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligini ta’minlash, ular o‘rtasida korrupsiya va huquqbuzarliklar, diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlariga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Dastur doirasida oliy ta’lim muassasalarining moliyalashtirish tizimini yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Shulardan biri «Moliyaviy nazorat institutlari, tashqi va ichki auditni yanada mustahkamlash, ularning korrupsiyaga qarshi tadbirlardagi ishtirokini jadallashtirish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rgangan holda chora–tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish» mavzusidagi mazkur o‘quv-seminaridir.
O‘quv-seminari oliy ta’lim muassasalarida korrupsiya va huquqbuzarliklarga qarshi kurash ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, ta’lim muassasalari moliyalashtirish va hisobini yuritish tizimida bu illatni avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik, uning oldini olish va profilaktikasini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi prokurori Xudoyberdi Tursunbekov, Moliya vazirligi Nazorat taftish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Dilmurod Mamatqulov, Moliya vazirligi O‘quv markazi kafedra mudiri Nodiraxon Zikrillayeva hamda Toshkent moliya institutining professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Shuningdek o‘quv seminarida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘ribosari I.Madjidov, Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig‘i S.Buzrukxonov, boshqarma mas’ul xodimlari, oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektorlari, bosh buxgalterlari, reja moliya bo‘limi mudirlari, professor-o‘qituvchi va talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.