Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligida navbatdagi Hay'at Kengashi majlisi bo'lib o'tdi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 14 Iyun 2016 y Manba:edu.uz

Videokonferensiya shaklida o`tkazilgan ushbu majlisda Vazirlar Mahkamasi Rayosatining joriy yil 30 maydagi 50-son bayoni qarorlaridan kelib chiqqan holda O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25-yilligi bayramiga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish, 2016/2017 o`quv yili qabulini tashkil etish va yangi o`quv yiliga tayyorgarlik ishlarini rejalashtirish masalalari ko`rib chiqildi.
Hay’at majlisi yakuniga ko`ra, shuningdek, takomillashtirilgan o`quv-uslubiy majmualarni yaratish borasida olib borilayotgan ishlarni samarali tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlashga doir qarorlar qabul qilindi.
Hay’at majlisini Oliy va o`rta maxsus ta’lim vaziri A.V.Vaxabov olib bordi. Majlisda joylardagi studiyalardan respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari va filiallar direktorlari hamda prorektorlar ishtirok etdi.