Oltin kuz Xalqaro san'at festivali davom etmoqda

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 29 Noyabr 2016 Manba:mcs.uz

Joriy yilning 29 noyabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida "Oltin kuz” Xalqaro san’at festivali doirasida Toshkent shahridan tashrif buyurgan Milliy estrada orkestri ijrosidagi musiqiy konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
"Oltin kuz” xalqaro festivali mana bir oydan buyon mamlakatimizning barcha hududlarida o‘z tarovatini sochmoqda. Yurtdoshlarimiz festival doirasidagi konsert dasturlarida ko‘tarinki ruhda miriqib hordiq chiqarmoqdalar.
Jizzaxliklar huzurida mehmon bo‘lgan Alisher Ikramov badiiy rahbarligidagi Milliy estrada orkestri konserti ham zo‘r quvonch bilan qarshi olindi.
Konsert dasturini viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K.Faxradov ochib berdi va tomoshabinlarga tadbir mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari haqida qisqacha gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng "Milliy estrada” orkestri jamoasi tomonidan kuy va qo‘shiqlar yangradi.
Konsert dasturida 600 nafardan ortiq tomoshabinlar ishtirok etishdi.