Oltinko'llik o'quvchilar uchun sport majmuasi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 19 Yanvar 2017 Manba:mcs.uz

Istiqlol sharofati bilan yurtimizning chekka hududlarida ham yoshlarni jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun bunyod etilayotgan zamonaviy sport majmualarini ko‘rib dilingiz quvnaydi.
Oltinko‘l tumani Suvyulduz qishlog‘idagi 19-umumiy ta’lim maktabida O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan bunyod etilgan sport majmuasida ham ko‘plab qishloq bolalarining o‘zlari yoqtirgan sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun ajoyib imkoniyatlar yaratildi.
O‘quv yilining avvalida foydalanishga topshirilgan barcha qulayliklarga ega sport majmuasida 10ta sport to‘garaklari ishlab turibdi,-deydi maktab direktori Alisher Hayitov. O‘quvchilar yosh pedagog Mag‘rurbek Shermuhamedov qo‘l ostida kurash, qo‘l to‘pi, tennis, voleybol va basketbol sport turlaridan o‘z mahoratini oshirmoqdalar.
Sport zalidagi mavjud anjomlarni ko‘rib havasingiz keladi. Shuning uchun maskan doim o‘quvchilar bilan gavjum. O‘quv dargohida haftaning shanba kunida sinflararo turli sport musobaqalari muntazam tashkil etib borilayotgani tahsinga loyiq.
- Jamg‘arma tomonidan 679 million 947 ming mablag‘ evaziga foydalanishga topshirilgan ushbu sport saroyining ishga tushishi samarasida Suvyulduz qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 500dan ziyod yoshlarining sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratildi,- deydi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining tumandagi vakili Yasharbek Abdurahmonov.