Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Ota-onalar bilan muloqot

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 20 Фев 2017 Manba:edu.uz

2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida xalq bilan muloqot o‘ziga xos ravishda yo‘lga qo‘yildi. Birinchisi, O‘zMU rektorining virtual qabulxonasi orqali keng jamoatchilikning fikrlari va takliflari o‘rganilayotgan hamda shu asnoda qator muammolar o‘z yechimini topayotgan bo‘lsa, ikkinchisi, universitetning har bir fakultetida “Ota-onalar bilan muloqot kuni” tashkil etildi.
–Ota-onalar bilan tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan yuzma-yuz muloqotlarda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasidagi quyidagi so‘zlarini dasturilamal sifatida qabul qilganmiz,– deydi O‘zMU rektori Avazjon Marahimov.– “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o‘rin egallashi tabiiydir. Bu borada farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga ko‘taramiz. Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.
Tarbiya uchun avvalo – ota-onalar mas’ul! Ta’lim muassasalarida esa o‘sha oilada berilgan tarbiya yanada sayqal topishi, o‘g‘il-qizlar ta’lim olish bilan bir qatorda ma’nan yanada kamol topishi mumkin. Bunda ta’lim muassasasi murabbiylari, professor-o‘qituvchilari bilan ota-onalarning yuzma-yuz muloqoti g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zMU Iqtisodiyot fakultetida o‘tkazilgan “Ota-onalar bilan muloqot kuni”da ana shu masalalarga alohida e’tibor qaratildi. O‘zMU Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Olimjon Xolmuhamedov, Iqtisodiyot fakulteti dekani Abduvahob Umarov, professorlar Abdurahim Vahobov, Hasan Abulqosimov va boshqalar avvalo Milliy universitetda amalga oshirilayotgan xayrli ishlar, bo‘lg‘usi iqtisodchilarning intellektual salohiyatini, bilim hamda malakalarini oshirish borasida qilinayotgan ishlar xususida so‘z yuritar ekanlar, ayni paytda oliy ta’lim muassasasi jamoasi ota-onalar mas’uliyati haqida ham o‘z mulohazalarini, ularga takliflarini bayon etdilar.
– Ertasini o‘ylagan ota-ona bolasiga befarq bo‘lmasligi kerak,– dedi O‘zMU Murabbiylar kengashi raisi Abror Xidirov.– Farzandingiz darsdan keyin nima bilan hug‘ullanmoqda, internet tarmoqlarida, mobil telefonida kimlar bilan qanday aloqalar qilmoqda, o‘zi nimaga qiziqmoqda, xullas, har bir qadamini kuzatib, o‘rganib borishingiz kerak. Ular to oila qurib, tanlagan sohalari bo‘yicha ishlab, hayotda o‘z o‘rnini topib ketmaguncha jiddiy e’tiborimizda bo‘lmog‘i zarur.
Turli viloyatlardan tashrif buyurgan ota-onalar ham muloqotda o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bayon etdilar.
Muloqot so‘nggida o‘qish va jamoat ishlarida eng faol talabalarning ota-onalari Milliy universitet “Tashakkurnoma”si bilan taqdirlandilar.