Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Parlament yuqori palatasi yalpi yig'ilishida Senat faoliyati va kelgusidagi ustuvor vazifalari ko'rib chiqildi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 24Avgust2016 Manba:uzreport.uz

Bugun Toshkentda Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisi o'z ishini boshladi. Yig'ilishda hukumat a'zolari, vazirlik va idoralar, sud va prokuratura organlari rahbarlari, OAV xodimlari ishtirok etmoqda. Yalpi majlis kun tartibiga 10 ta masala kirtilgan bo'lib, shundan 6 tasi davlat va jamiyatning turli sohalarni huquqiy jihatdan tartibga soladigan qonunlardir.
Yig'ilishni Oliy Majlis Senati Raisi Nig'matila Yo'ldoshev olib bordi. Dastlab spiker barchani eng ulug' va eng aziz bayram mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi bilan muborakbod etdi. Shuningdek, O'zbekiston Prezidenti farmoniga muvofiq, “O'zbekiston qahramoni “ unvoni hamda “Oltin yulduz” medali bilan taqdirlangan senator Sharifboy Rajabbovni alohida tabrikladi.
Yalpi majlis kun tartibi tasdiqlangandan so'ng, Senat raisining O'zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Oliy Majlis Senatining o'tgan davrdagi faoliyati va kelgusi yillardagi ustuvor vazifalarga bag'ishlangan ma'ruzasi tinglandi. Unda ta'kidlanishicha, O'zbekistonning mustaqillikka erishishi tom ma'noda tarixiy voqea bo'lgan. Atigi yarim asr mobaynida mamlakatimiz taraqqiyotning puxta o'ylangan "o'zbek modelini" izchil ro'yobga chiqarish orqali bir necha yil davomida iqtisodiy o'sishning barqaror yuqori sur'atlarini ko'rsatib, ildam rivojlanayotgan demokratik davlatga aylandi.
Amalga oshirilgan ishlarni aniq raqamlar misolida gapiradigan bo'lsak, o'tgan 25 yil davomida mamlakatimiz iqtisodiyoti 6 barobarga, aholining real daromadlari 12 barobarga oshdi. Mustaqillikik yillarida O'zbekistonga 67 mlrd. dollar qiymatida investitsiyalar jalb qilindi. Ularning 21% to'g'ridan to'g'ri xorij sarmoyalaridir. Xususiy sektorning YAIM dagi ulushi 57 % ni tashkil qilmoqda. Birgina o'tgan yilning o'zida tadbirkorlikka oid 40 dan ziyod qonunlarga o'zgartishlar kiritildi.
Ma'ruzada e'tirof etililganidek,istiqlol qillarida O'zbekistonda jamiyat hayotining barcha sohalarida keng ko'lamli demokratik islohotlar o'tkazildi, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tizimni tubdan yangilash, huquqiy demokratik davlat barpo etishning mustahkam huquqiy asoslari qo'yildi. Inson, uning hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat sifatida belgilandi.
Ikki palatali milliy parlamentning yaratilishi va uning samarali faoliyat ko'rsatishi davlat va jamiyat qurilishidagi demokratik islohotlarning muhim omiliga aylandi. O'tgan yillar mobaynida hokimiyat tarmog'ini bo'lishdan iborat kontitutsiyaviy prinsipni bosqichma-bosqich ro'yobga chiqarish, ular o'rtasida o'zaro muvozanat va tiyib turishning samarali tizimini yaratish, markaz va joylarda davlat hokimiyati organlari tizimida qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyatining vakolatlari hamda nazorat funksiyalarini kuchaytirishga qaratilgan islohotlar olib borildi. Ma'lumotlarga ko'ra, Parlament tomonidan16 ta kodeks, 800 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Ma'ruzada Senat faoliyatining ayrim jihatlari tanqidiy tahlil qilinib, kelgusida uning ish samaradorligini oshirishning ustuvor vazifalariga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatini tubdan yaxshilash, qabul qilinayotgan qonunlarning mazmuni va mohiyatini ijro etuvchilarga yetkazish, Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligini, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan birgalikdagi faoliyatni kuchaytirish choralari ko'rilganligiga urg'u berildi.
Qonun ijodkorligi faoliyati sifatini oshirish bo'yicha Senat qo'mitalari va komissiyalari, xar bir senator faoliyatini yanada takomillashtirish, qabul qilinayotgan konunlar normalari ishlashi uchun zarur bo'lgan qonunosti hujjatlari o'z vaktida e'lon qilinishi va hukuqni qo'llash holatini muntazam nazorat kilish ustuvor vazifalar qatorida tilga olindi. Mintaqaviy va umumdavlat manfaatlari muvozanatiga erishish, qonuniylik, qonun ustuvorligini ta'minlashda parlament rolini oshirish muhimligi alohda qayd etildi.
Shundan so'ng senatorlar qonunlar muhokamasiga o'tishdi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonunini ko'rib chiqildi.
Qonunda hozirgi zamon talablarini hisobga olgan holda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari mustahkamlab qo'yildi. Ushbu siyosatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar vazifalari, vakolatlari, shuningdek ularning bu sohadagi javobgarligi aniq belgilab berilmoqda. Mazkur organlar zimmasiga yoshlarga oid davlat siyosatini ro'yobga chiqarish, ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, sport, mehnat va boshqa sohalarda yeshlarning xuquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan talablar, normativ-huquqiy xujjatlar ijrosini ta'minlash, huquqiy targ'ibotga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi vazifalar yuklatilmoqda.
Senatorlar tomonidan ta'kidlanganidek, qonunning qabul qilinishi yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini mustahkamlash, yoshlarga oid davlat siyosatini ro'yobga chiqarishda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar mas'uliyatini kuchaytirish, sog'lom, barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o'z ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun zarur imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qyladi. Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.