Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Poytaxtimizga ikkinchi Boeing 787 Dreamliner havo kemasi olib kelindi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 5 Noyabr 2016Manba:uzreport.uz

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 31 avgust kuni O'zbekiston milliy aviakompaniyasi eng zamonaviy, ilg'or texnologiyalar asosida yaratilgan va yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega birinchi Boeing 787 Dreamliner havo kemasini qabul qilgan edi. Oradan ko'p vaqt o'tmasdan, bugun 5-noyabr sanasida mazkur avlodga mansub ikkinchi orzu layneri xam Toshkent Xalqaro ayeroportiga muvoffaqiyatli qo'nishni amalga oshirdi. Bu O'zbekiston fuqaro aviatsiyasi uchun orziqib kutilgan voqea bo'ldi desak yanglishmagan bo'lamiz. Yangi havo laynerini tantanali kutib olish marosimida hukumat vakillari, MAK va boyeing korporatsiyasi raxbariyati, bir qator mutasaddi tashkilotlar xamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Birinchi Drimlayner kutib olinganidan keyin ikki oydan sal ko'proq vaqt o'tib, milliy aviakompaniya parki yana bitta orzu layneri bilan boyidi. Sentyabrdayoq aviakompaniya yo'lovchilari parvozdan yangicha taassurotlarga ega bo'lib, undagi qulayliklarka baho bera olishgandi.
Yangi uchib kelgan layner haqida gapiradigan bo'lsak, Sietldan Toshkentgacha 12 soatlik parvoz oraliq qo'nishlarsiz muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ushbu layner xam endilikda AQSH, Kanada, Uzoq, Sharq, Osiyo, Afrika hamda Avstraliyaning istalgan aeroportlariga parvozlarni amalga oshiradi.
Albatta ikkinchi orzu laynerining yurtimizga olib kelinishi bayramdek qarshi olindi. Yangi havo laynerini tantanali kutib olish marosimida yig'ilgan hukumat vakillari, MAK va boyeing korporatsiyasi raxbariyati tantanali tarzda gullar bilan samalyotni muvaffaqiyatli O'zbekistonga yetkazib kelgan uchuvchilarini qarshi olishdi. Qayd etish kerakki, Boeing 787 uchuvchilar otryadi MAK havo kemalaridan texnik va texnologik jixatdan tubdan farq qiladigan avialaynerni qisqa muddatda muvaffaqiyatli o'zlashtirdilar. Agarda samolyot haqida qisqacha to'xtaladigan bo'lsak uning saloni hamda undagi qulay muhit tubdan yangilangan, buni havo kemasi bortiga kirishingiz bilan darhol payqashingiz mumkin. Chunki mazkur samalyotning shiftlari baland, ichki diametri Boing-767 saloniga qaraganda 1 metrga kengaytirilgan. O'rindiqlar orasida bemalol harakat qilish imkoniyati mavjud. Qulay o'rindiqlarga ega ushbu havo kemasida yo'lovchilarning maroqli parvozlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Yuriy Gorkov- Boeing 787-8 Dreamliner ikkinchi uchuvchisi UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi: Bizning pilotlar tarkibimiz katta tajribaga ega uchuvchilardan tashkil topganligi sababli bunday ilg'or samalyotni boshqarishni o'rganish biz uchun muammo tug'dirmadi. Albatta qiyinchiliklar bo'ladi lekin qanday sharoitda bo'lmasin biz doim bir birmizga yordam berip bir jamoa bo'lib harakat qilamiz. 12 soatlik parvozga to'xtaladigan bo'lsak uning davomida biz charchoqni his qilmadik. Biz uchun bu vaqt bir soatdek tezda o'tib ketdi.
Orzu laynerining texnik jixatiga to'xtaladigan bo'lsak Boing 787 drimlayneri yoqilg'i sarfi boing-767 samolyotiga nisbatan 10 foizga kam. 246 ta o'rindiqlariga ega ushbu Layner uchish tezligining yuqoriligi sababli, Toshkentdan Moskvaga 10 daqiqa, London va Parijga esa, 20-30 daqiqaga tezroq yetib borish imkonini yaratadi.
Shuningdek tadbirda 2- orzu havo kemasi Boeing 787 laynerini kutib olishga bag'ishlangan matbuot anjuman ham bo'lib o'tdi. Unda mutaxassislar yaqin yillar ichida yana uchta shunday avialaynerlarni yurtimizga keltirish rejalashtirilganligini ham qayd etib o'tishdi.