Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Professor-o‘qituvchilarning Germaniya safari

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 24 Март 2017 Manba:edu.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar sifatini tubdan yaxshilash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1533-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ishtirokida Germaniyaning Keln va Dyusseldorf shaharlarida o‘quv seminarlar tashkil qilindi.
O‘quv seminarlarida yurtimiz oliy ta’lim muassasalarining kimyo va biologiya mutaxassisligi bo‘yicha professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Seminar O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida 80 ga yaqin zamonaviy uskunalardan samarali foydalanishga bag‘ishlandi.
Shu bilan bir qatorda tashrif davomida O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi va konsulligi sa’y-harakati bilan Bonn universiteti professor-o‘qituvchilari va O‘zbekiston milliy universiteti professor-o‘qituvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida professor-o‘qituvchilar o‘quv va ilmiy laboratoriya bazasi hamda o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.