Ilm-fan 2020

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

QOʻSHMA TAʼLIM DASTURLAR ASOSIDA KADRLAR TAYYORLASH YANADA KENGAYTIRILDI

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 30 Avgust 2018 Manba:edu.uz

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi majlisining 8-son bayoni bilan Namangan davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot va Toshkent davlat agrar universitetlariga 2018/2019 oʻquv yili uchun xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshimcha kvotalar belgilandi.
Jumladan, Namangan davlat universitetida Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikdagi qoʻshma dastur asosida 60 nafar talaba qabul qilinadi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda toʻrtta yoʻnalishda 125 nafar, Toshkent davlat agrar universitetida esa Volgograd davlat agrar universiteti bilan birgalikda bitta yoʻnalishda 20 nafar talaba qoʻshimcha qabul qilinadi. Qoʻshma dasturda belgilangan qabul kvotalarida oʻqish toʻlov-kontrakt asosida boʻlib, bakalavriyat va magistraturaga abituriyentlardan hujjatlar shu yilning 15 sentyabrigacha qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari oliy taʼlim muassasalari tomonidan shu yilning 17-22 sentyabr kunlari oʻtkaziladi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar uchun oʻqish istisno tariqasida joriy yilning 1 oktyabridan boshlanadi.
Qoʻshma dastur doirasida taʼlim oladigan talabalar oʻquv jarayonini bir qismini xorijiy oliy taʼlim muassasasida amalga oshiradi.