RIO 2016: 10 avgust musobaqalari

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 10 Avgust 2016 Manba:mcs.uz

1.Boks bo‘yicha:
Rustam To‘laganov (91 kg.) Ozarbayjonlik Abduqodir Abdullaev bilan (Toshkent vaqti soat 21.45) va Hasanboy Do‘smatov (49 kg.) Qozog‘istonlik Zakupov Birzxan bilan (Toshkent vaqti soat 11 avgust tungi 01.00) hamda Gaibnazarov Fazliddin (64 kg.) Kongolik Malongo Dzalaglou bilan (Toshkent vaqti soat 11 avgust tungi 02.15) ringga ko‘tariladilar;
2.Dzyudo bo‘yicha:
Sherali Jo‘raev (90 kg) Jazoirlik Benamidi Abduraxmon bilan (toshkent vaqti soat 18.00) va Gulnoza Matniyozova (70 kg) Polshalik Klus Katarzuna bilan (Toshkent vaqti soat 18.00) gilamga chiqadilar;
3. Akademik eshkak eshish - Shaxboz Xolmirzaev (toshkent vaqti bilan soat 16.30).
Murabbiylarimiz bugun musobaqalarda ishtirolk etadigan 2 nafar bokschimiz va 2 nafar dzyudochimizni jismonan va ruhan tayyorgarliklarini inobatga olib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishlariga umid qilmoqdalar.
MA’LUMOT UCHUN:
Dzyudo bo‘yicha Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan sportchimiz Shahzod Sobirov va og‘ir atletika bo‘yicha Doston Yoqubovlar o‘z ishtiroklarini yakunladi.
Olimpiya o‘yinlarida musobaqalarini yakunlagan suzish bo‘yicha Ra’no Amanova uning murabbiyi I.Galashova, stol tennis bo‘yicha murabbiy S.Maxmudovalar Rio-Frankfurt-Toshkent yo‘nalishi xayrli parvoz tilab Toshkentga kuzatib yuborildi.