RIO-2016: OCHILISh MAROSIMINI UCh MILLIARDDAN ZIYOD ODAM TOMOSHA QILDI

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 6 Avgust 2016 Manba:mcs.uz

Braziliya vaqti bilan kechagi kun, Toshkent vaqti bilan esa bugun, tonggi 04.00da boshlanib, uch soatdan ziyod davom etgan XXXI Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimini dunyo bo‘yicha uch milliarddan ziyod odam tomosha qildi.
O‘z davrida eng ko‘p tomoshabinni sig‘dira olish bo‘yicha uzoq yillar rekord natija ko‘rsatib kelgan (hatto 200 mingga yaqin muxlis tashrif buyurgan) Riodagi "Marakana” stadioni 2010 va 2012 yillarda olib borilgan ta’mirlash ishlaridan keyin tomoshabinlar sig‘imi 78858taga tushib qolgandi. Shunday bo‘lsa-da, Olimpiyaning ochilish marosimida uning "bag‘ri” yana to‘ldi – 100 mingga yaqin odam joy oldi. 79 ming o‘rindiqni band qilgan tomoshabin, 12 minga yaqin sportchi va murabbiylar, umuman olganda delegatsiyalar, bunga yana o‘n mingdan ziyod jurnalistlar, sanog‘i keltirilmagan volontyorlar, texnik xodimlar... aslida yuz mingdan ham ortar ekan.