science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

ROSSIYA FEDERATSIYASINING FAN VA TA’LIM VAZIRLIGI HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘RTASIDA O‘ZARO HAMKORLIKNI YANADA MUSTAHKAMLASH MAQSADIDA ONLAYN VIDEOKONFERENSIYA O‘TKAZILDI

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 4 Aprel 2018 Manba:edu.uz

Joriy yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasining Fan va ta’lim vazirligi tomonidan mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari ishtirokida onlayn videokonferensiya o‘tkazildi.
Videokonferensiyada Respublikamizda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratilib, Rossiya Federatsiyasining yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish, xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni o‘quv jarayoniga keng joriy qilish,yuqori malakali o‘qituvchi va olimlar bilan tajriba almashinuvini tashkillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda bajarish, fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim muassasalari Filiallari va ularning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida hamkorlik “KЕLISHUV” loyihasi bandlari muhokama etildi hamda tegishli kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3153 sonli “Toshkent viloyati sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan topshiriqlarga asosan Toshkent viloyati Olmaliq shahrida Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot texnologik universiteti filialini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Onlayn videokonferensiyada ushbu Filial faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ham muhokama etildi.