science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Razolat qurbonlari

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 28 Апрел 2017 Manba:edu.uz

O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, talaba-yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolga yo‘naltirish, oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining qo‘shma qaroriga binoan 2017 yil 25 aprel kuni Samarqand viloyat Rus dramma teatr zalida universitetning “Ilhom” talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan “Razolat qurbonlari” nomli spektakli namoyish etildi. Ushbu spektakl yoshlarimizni adashib diniy-ekstrimistik guruhlar ta’siriga tushib qolmasligi, diniy-ekstrimistik tarafdorlari tarqatayotgan puch g‘oyalarning aslida islom ta’limotiga zid ekanligi yoritishga qaratilgan.