Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Respublika fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 1 Апрел 2017 Manba:urdu.uz

2017-yil 27-mart – 1-aprel kunlari Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi viloyatdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari o‘rtasida umumta’lim fanlari bo‘yicha respublika fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichini o‘tkazdi. Mazkur olimpiada jarayonida o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha UrDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchilari f.f.n., dotsent A.I.Primov, katta o‘qituvchi R.Y.Xudoyberganov, katta o‘qituvchi Sh.X.Norbayevalar hakamlar hay’atida ishtirok etdilar. Fan olimpiadasining uyushqoqlik va yuqori darajada o‘tkazishda ko‘rsatgan xizmatlari uchun mazkur o‘qituvchilar Xorazm viloyati o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.