Har qanday elektron murojatni virtual qabulxona orqali amalga oshirishingiz mumkin

Davlat ramzlari

Messenger

Respublikamiz oliy ta'lim muassasalari va O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan xorijiy oliy ta'lim muassasalarining daromadlariga 2018 yil 1 yanvardan boshlab soliq va majburiy to'lovlardan imtiyozlar berildi.

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 9 Yanvar 2018 Manba:edu.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra Byudjet tashkilotlari jumladan, Respublikamiz oliy ta’lim muassasalari va O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy oliy ta’lim muassasalariga soliq va majburiy ajratmalardan imtiyozlar tadbiq etildi.
Xususan 2023 yilning 1 yanvariga qadar:
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 60-63-moddalarida ko‘rsatilgan manbalardan (faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olganlik uchun to‘lovlar va boshqalardan olingan daromadlar) qo‘shimcha daromad oladigan byudjet tashkilotlaridan undiriladigan barcha soliqlar, Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im va davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalardan;
O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy oliy o‘quv yurtlari O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta’lim faoliyati doirasida soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli jamg‘armalarga majburiy ajratmalarni to‘lashdan, shuningdek, ushbu universitetlarning chet ellik xodimlarning mehnatga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etildi.
Yuqorida keltirilgan imtiyozlar va yengilliklar oliy ta’lim muassasalarida soliq vositasi bilan tub o‘zgarishlarni amalga oshirish orqali xalqimizga zamon talablariga javob beradigan ta’lim xizmatlarini rivojlantirish xususan, ta’lim muassasalarini moddiy texnik bazasini kengaytirish va mutaxassis kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga, shuningdek ta’lim xizmatlari to‘lovlari yukini kamaytirish hisobiga aholining real daromadlarini oshirishni ta’minlashga qaratilgan.