science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

SAMARQAND DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTIDA “KARYERA KUNLARI-2018” MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 30 Mart 2018 Manba:edu.uz

2018 yil 30 mart kuni Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi “2005/2006 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘rsida”gi PQ-92-son qarorining 6-bandi, 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-son qarori, amaldagi “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq “Karyera kunlari – 2018” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Tadbirda viloyatdagi barcha ish beruvchi tashkilotlar ishtirok etishdi, jumladan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi (barcha tuman XTB kadrlar bo‘limi boshlig‘i), viloyat Kasb-hunar ta’limi boshqarmasi (ingliz tili mutaxassisiga ehtiyoji bo‘lgan kollejlar), viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi (ingliz tili mutaxassisiga ehtiyoji bo‘lgan barcha MTMlari mudirlari), viloyat bojxona boshqarmasining kadrlar bo‘limi inspektori, “CATIA” firmasi direktori, “Korea tur” firmasi direktori va boshqa turistik firmalar ishtirok etishdi.
2017/2018 o‘quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilar soni 559 nafar bo‘lib, 173 nafari davlat granti, 386 nafari to‘lov-shartnoma asosida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 42 nafar bo‘lib, ulardan 5 nafar davlat granti 37 nafari to‘lov-shartnoma asosida tahsil olmoqda. Bugungi tadbir natijasida 220 nafardan ortiq bitiruvchimiz tashrif buyurgan tashkilotlar bilan o‘zaro kelishuv shartnoma imzoladilar.