Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

SPORT MAKTABI JAMOASINING NAVBATDAGI MUVAFFAQIYATI

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 13 Фев 2017 Manba:mcs.uz

Urganch shahrida faoliyat yuritayotgan Sport o‘yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi(SO‘YEAIBO‘SM) qisqa fursat ichida qator muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi.
Ayniqsa, J. Abdullaev rahbarlik qilayotgan mazkur maskanning futbol jamoalari erishayotgan yutuqlar ko‘ngillarga xush kayfiyat ulashadi.
Binobarin, o‘tgan yili 2004 yilda tug‘ilgan yosh futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida ushbu sport maktabi tarbiyalanuvchilaridan iborat bo‘lgan Xorazm viloyati jamoasi shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgandi. Katta yoshlilar jamoasi esa viloyat birinchiligi, ya’ni 2-ligada birinchi o‘rinni egalladi.
Qolaversa, 2017 yil ham SO‘YEAIBO‘SM uchun omadli boshlandi. Mahorat dargohining "Yoshlik” jamoasi shu yilning 3-9 fevral kunlari Urganch shahrida tashkil etilgan Xorazm viloyati hokimi kubogi musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Tajribali murabbiy Vali Sultonov ustozlik qilayotgan bu jamoa guruh o‘yinlarida "Xiva”(Xiva, 5:2), OZK-2(Urganch, 3:1), "Bog‘ot”(Bog‘ot, 9:0) jamoalari ustidan g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda esa Jizzaxda bo‘lib o‘tadigan "Barkamol avlod” sport o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Barkamol avlod-2017”(Urganch) jamoasini 3:2 hisobida yengdi. Nihoyat, hal qiluvchi o‘yinda xuddi shu hisobda Hazorasp tumanining "Jayhun” jamoasi mag‘lubiyatga uchratildi. Natijada, "Yoshlik” jamoasi tashkilotchilar tomonidan Kubok va sovg‘alar bilan taqdirlandi.