science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

SPORT-NAFISLIK VA SALOMATLIK GAROVI SHIORI OSTIDA

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 30  Aprel 2018 Manba:edu.uz

Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida talabalar jismoniy tarbiyasi va sport tayyorgarligiga yildan –yilga katta e’tibor berilmoqda. Shu maqsadda barcha oliy ta’lim muassasalarida talabalar uchun ulkan zamonaviy shart-sharoitlar yaratilmoqda, turli darajadagi sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari muntazam o‘tkazib borilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri 27 aprel kuni Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida “Sport-nafislik va salomatlik garovi” shiori ostida katta gimnastrada, sport festivali bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda 700 nafardan ziyod talabalar ishtirok etdi.
Turli rangdagi sharlar, gullar bilan bayramona bezatilgan futbol maydoniga sportchi talabalar kirib keldi. Ularni institut rektori G‘.I.Muxamedov va Chirchiq shahridan mehmonlar, jamoat tashkilotlari vakillari qarshi oldi va tabrikladi. “Bu musobaqalarning o‘ziga xos tomoni shundaki, deydi Pedagogika fakulteti dekani, professor Sh.Q.Mardonov, bu gimnastrada musobaqalarida qizlar bilan yigitlar bir jamoada ishtirok etdilar. Kurash, o‘zbek jang san’ati, akrobatika, futbol, voleybol, boks kabi sport turlari elementlari bilan boyitilgan chiqishlar hakamlar va mehmonlarda kuchli qiziqish uyg‘otdi. Barcha chiqishlar musiqa jo‘rligida bo‘lganligi uchun hakamlar harakatlarning nafisligiga alohida e’tibor berdilar”. G‘oliblik uchun olib borilgan qizg‘in kurashlarda1-o‘rin Boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ish, 2-o‘rin Makbatgacha ta’lim va 3-o‘rinni Musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalari egalladilar. Musobaqa g‘oliblari institut ma’muriyati, homiylar va hamkor tashkilotlar tomonidan diplomlar, sertifikat hamda esdalik sovg‘alar bilan mukofotlandilar. Shuningdek, sportchilar “Eng hamjihat jamoa”, “Eng harakatchan jamoa”, “Eng intizomli jamoa”, “Eng quvnoq jamoa”, “Eng intiluvchan jamoa” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham rag‘batlantirildilar.