Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Samarqandda xalqaro konferensiya

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 17 May 2016 y Manba:mcs.uz

16-18 may kunlari Samarqand shahrida Xalqaro muzeylar kuniga bag‘ishlangan "Muzeylarda ta’lim: XXI asrda yangi global va milliy strategiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda "XX asrda muzey va ta’lim: yangi amaliyot va istiqbolli rivojlanish” mavzusidagi amaliy seminar o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, "O‘zbekmuzey” muzeylarni qo‘llab-quvvatlash respublika fondi, O‘zbekiston Muzeylar kengashi hamda Samarqand viloyati hokimligi tomonidan O‘zbekistondagi Fransiya elchixonasi, O‘zbekistondagi Gyote-Instituti va Rossiya Fanlar akademiyasi Antropologiya va etnografiya muzeyi (Kunstkamera) hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – muzey ta’limi sohasida yetakchi xalqaro va respublika mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish hamda mazkur sohada yosh mutaxassislarga yangi xalqaro amaliyotni o‘rgatish. Shuningdek, O‘zbekiston muzeylari faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish bo‘yicha qator takliflarni ishlab chiqish. Tadbirning birinchi kuni "Registon Plaza” mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi va ilmiy-amaliy konferensiyada Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedov, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakili Krista Pikkat va xalqaro tashkilotlarning vakillari, muzey sohasida faoliyat yuritayogan chet el mutaxassislari, 100 dan ortiq muzeylarning direktor va mutaxassislari ishtirok etishdi.
Anjumanning birinchi kuni Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan muzeylar o‘rtasida an’anaviy tarzda har yili o‘tkazib kelinayotgan "Muzey – xalq tarixining ko‘zgusi” respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlov g‘oliblari diplom, statuetka va qimmatbaho sovg‘alar, eng faol ishtirokchilar esa faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, kun yakunida ularni tabriklash uchun taniqli san’atkorlar, badiiy jamoalar ishtirokidagi gala konsert o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Anjumanning uzviy davomi sifatida 17-18 may kunlari Samarqand shahridagi O‘zbekiston madaniyati tarixi muzeyida guruhlarga bo‘lingan holda seminar tashkil etilib, muzeylarning dolzarb jabhalarini qamrab olgan muammolar, muzey ishining asosiy yo‘li va ta’limdagi rolini belgilab beruvchi yangi takliflar ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan. Tadbir yakunlari bo‘yicha muzeylarning ijtimoiy va ta’lim rolini rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqiladi.