Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Shakat Mirziyoyev Turkiya Tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 26 Апрел2017 Manba:uzreport.uz

26 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho'g'luni qabul qildi. Muloqot chog'ida siyosiy, savdo-iqtisodiy,investitsiyaviy,madaniy va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv avvalida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Tashqi ishlar vazirini o'zbek zaminida samimiy qutlab, Turkiya rahbariyatini 16 aprel kun Konstitutsiyaga o'zgartishlar kiritish bo'yicha o'tkazilgan umumxalq referendumining muvaffaqiyatli natijalari bilan muborakbod etdi.
-Turkiyaning ertangi kuni, tinchligi va osoyishtaligi biz uchun juda muhim, - deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Ikki davlat rahbarlarining 2016 yil 17-18 noyabr kunlari Samarqand shahrida bo'lib o'tgan so'nggi uchrashuvidan keyin o'zbek va turk xalqi, anyiqsa ikki mamlakat ishbilarmonlari erishilgan siyosiy kelishuvlarni amalda ko'rdi va bu jarayonlarni ular qo'llab-quvvatlamoqda.
-Umuman dunyoda kechayotgan voqealar, bugungi real hayot o'zaro hamkorlikni kengaytirish, ko'plab loyihalarni birgalikda amalga oshirishni taqozo qilmoqda, - dedi O'zbekiston Prezidenti. Ayni shu ma'noda ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida o'tkazilayotgan siyosiy maslahatlashuvlarning ahamiyati alohida ta'kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev va Mevlyut Chavusho'g'lu muloqoti chog'ida tomonlar o'rtasida o'zaro manfaatlarga asoslangan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga a e'tibor qaratildi. Xususan, Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida turizm infratuzilmasini modernizatsiyalash bo'yicha loyihalarning amaliy jihatlari ko'rib chiqildi.
Qolaversa, to'qimachilik, kimyo va farmatsevtika, qurilish materiallari kabi sanoat sektorlarida yuqori texnologik ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishdan tomonlar manfaatdor. Shuningdek, muloqot chog'ida “Urgut” erkin iqtisodiy zona doirasida qishloq xujaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash bo'yicha takliflar ilgari surildi.
Uchrashuvda ko'plab mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr mulohazalar bildirildi.
Muloqot yakunida Mevlyut Chavusho'g'lu O'zbekiston Prezidentiga tabrik va iliq qabul uchun samimiy minnatdorlik so'zlarini bildirdi. Turkiya Tashqi ishlar vaziri turk shirkatlari tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayogan loyihalar qo'llab-quvvatlanayotganligi uchun Shavkat Mirziyoyevga Turkiya rahbariyatning tashakkurini yetkazib, rasmiy Anqara keng qamrovli ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
- Mamlakatlarimiz rahbarlarining o'tgan yilning kuzida Samarqandda bo'lib o'tgan uchrashuvidan keyin munosabatlarimizning rivojlanishida ijobiy intilishlarga guvoh bo'lmoqdamiz, - dedi Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho'g'lu. - O'shanda oliy darajadagi hamkorlikni yanada jadallashtirish bo'yicha “yo'l xaritalari” tasdiqlangan edi. O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan imzolangan bitim o'sha kelishuvlarni huquqiy jihatdan mustahkamlaydi. Oldimizda savdo-iqtisodiy, siyosiy sohalardagi hamkorlikning yangi sahifasi ochilmoqda. Madaniy-gumanitar aloqalarning qamrovi kengayadi. Shavkat Mirziyoyev janobi oliylari parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashimiz lozimligini ham ta'kidladi. Axir biz qardosh xalqlarmiz, madaniyatimiz, tilimiz, urf-odatlarimiz o'xshash, dinimiz bir. Kelajak uchun rejalar birligimizni mustahkamlashi kerak. Imzolangan hujjat biz kelajakda mustahkam, ko'p qirrali aloqalarni qurishda e'tibor beradigan aniq yo'nalishlarni tasdiqlaydi. Bugun meni hurmatli prezident Shavkat Mirziyoyev qabul qildi. Men uchrashuvimiz yuqori darajada, konstruktiv o'tganidan faxrdaman. Biz O'zbekiston xalqi bilan yonma-yon bo'lamiz.