Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Shavkat Mirziyoyev O'zbekistonning Birinchi Prezidenti qabrini ziyorat qildi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 30Январьr2017Manba:uzreport.uz

Mana qariyb besh oydirki, Samarqanddagi Hazrati Xizr masjididan hamyurtlarimiz qadami uzilmaydi. Bu makon yurtdoshlarimiz uchun muqaddas va tabarruk qadamjoga aylandi. Har kuni bu yerga xalqimizning buyuk farzandi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirish, uning qabrini ziyorat qilish uchun respublikamizning turli burchaklaridan yuzlab hamyurtlarimiz, uzoq va yaqindan mehmonlar kelishadi.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar – buyuk davlat va siyosat arbobi, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavallud kuni munosabati bilan Samarqandga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari Islom Karimovning oila a'zolari- rafiqasi Tatyana Karimova va qizi Lola Karimova-Tillayeva hamrohligida Hazrati Xizr masjid majmuasida yurtboshimiz qabrini ziyorat qildi. Bu yerda Islom Karimov ruhi pokiga Qur'on tilovat qilindi.
Agar hayot bo'lganida bugun mustaqilligimiz asoschisi Islom Karimov 79 yoshga to'lgan bo'lar edi. Aslida inson hayoti uning qancha umr ko'rganligi bilan emas, balki bajargan ezgu amallari, hayrli ishlari bilan o'lchadan. Ayni shu ma'noda O'zbekistonning birinchi Prezidenti o'zidan keyin ozod va obod vatan qoldirdi.Bu bilan esa o'z nomini abadiyatga muhrlab ketdi.
25 yil tarixan juda qisqa davr. Ammo, shu yillar davomida xalqimiz o'zning dono va uzoqni ko'ra olgan yo'lboshchisi bilan asrlarga tatigulik ishlarni amalga oshirdi, yuksak marralarga erishdi. Uning tinchlikparvar siyosati bilan nafaqat O'zbekistonda, balki mintaqa va butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashga ulkan hissa qo'shdi.
Inson aziz, uning xotirasi muqaddas. Islom Karimov rahbarligi davrida inson xotirasini ulug'lash, buyuk ajdodlarimiz nomini abadiylashtirish, ularning me'rosini o'rganish oliy qadriyatga aylandi.
Bu hayrli ishlar bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida ham davom ettirilmoqda. Davlatimiz rahbari shu yilning 25 yanvar kuni "O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to'g'risida"gi qarorga imzo chekdi. Unga ko'ra, yurtimizning diqqatga sazovor joylariga buyuk yo'lboshchimizning nomi beriladi. Toshkent, Samarqand, Qarshi shaharlarida u kishining haykali o'rnatiladi.
Islom Karimov barchamizning xotiramizda mard, bukilmas iroda egasi, davlat va xalq manfaatlarini barcha narsadan ustun bilgan, shu yurtda yashovchi har bir yurtdoshining taqdiri uchun alohida mas'uliyatni his eta olgan, butun umri, bilim va salohiyati, kuch va imkoniyatlarini xalqining tinch, farovon yashashiga kamarbasta qilgan buyuk inson bo'lib qoladi. Birinchi Prezidentimiz boshlagan hayrli ishlar, ezgu maqsadlar esa bardavom bo'ladi. Ziyoratdan so'ng, shu kunning o'zida Shavkat Mirziyoyev Samarqaddan Toshkentga qaytdi.