Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizning ilmiy elitasi bilan uchrashdi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 30Dekabr2016 Manba:uzreport.uz

Har qanday davlatning bugungi kuni va kelajagi ilm-fan rivoji bilan bog'liq. O'zbek zamini azaldan jahonda ilm-fan va madaniy taraqqiyot yo'nalishlarini belgilab bergan ulug' allomalari, buyuk mutafakkirlari bilan dunyoga nom taratgan. Bugungi kunda ham o'zbek olimlari buyuk ajdodlarimiz boshlagan yo'lni munosib davom ettirib, ilmiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik, madaniy, ma'naviy-ma'rifiy sohalarda ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
Yangi yil bayrami arafasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizning yetakchi olimlari, ziyolilari, akademiklari, bir so'z bilan aytganda ilm ahli bilan uchrashib, ular bilan ilm - fanni yanada rivojlantirish, fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish yuzasidan dildan suhbatlashdi. “O'zbekiston” forumlar saroyida bo'lib o'tgan ushbu samimiy uchrashuvda akademik- olimlar kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, funtamental yo'nalishlarni rivojlantirish, akademiklar maktabini yaratish, yetakchi olimlar salohiyati va tajribasidan samarali foydalanish yuzasidan takliflar berib, yillar davomida dilda tugilib qolgan o'y-fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.
2017 yilga O'zbekiston katta orzular bilan qadam qo'ymoqda. Niyatlarimiz hayrli, ya'ni mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligini ta'minlash, odamlarni rozi qilish, ularning turmush sharoitini yaxshilash. Bularning barchasi ilm-fansiz, innovatsion texnologiyalarsiz amalga oshmaydi albatta, deya ta'kidladi uchrashuv avvalida O'zbekiston Prezidenti.
Qolaversa, islohatlarni yetakchi olimlar bilan bamaslahat amalga oshirish, malakali kadrlarni tayyorlash, ishlab chiqarish sohalariga ilm - fan yutuqlari, yangi texnologiyalar, novatorlik g'oyalarini tadbiq etishda ilmiy elitaning boy tajribasidan foydalanishimiz kerak. Umuman, davlatning boyligi uning oltinlari, neft va gazi, tabiiy resurslari bilan emas,balki olim va ziyolilari, ularning ilmiy salohiyati bilan o'lchanadi. O'zbekistonda esa bu borada salohiyat katta. Bu salohiyatni qanday ishlatish kerak? Uni qanday to'g'ri yo'naltirish lozim? Uchrashuvda shu kabi savollar ko'ndalang qo'yildi.
Prezidentimiz o'tgan 25 yil davomida mamlakatimizda katta islohatlar amalga oshirilganligi,barcha sohalarda ulkan yutuqlar qo'lga kiritilganligini e'tirof etgan holda bugungi ta'lim sifatini shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy dunyoning yangicha talablarga moslashtirish lozimligi, bu masalalarni bugun hal qilmasak, ertaga kech bo'lishini uchrashuvda alohida ta'kidladi.
Unda so'z olganlar akademiklar bilan uchrashuv uyushtirish, ularning dilida yig'ilib qolgan fikr va takliflarini eshitishdek shaxsiy tashabbus uchun, olimlarni qo'llab quvvatlash bo'yicha bildirgan fikrlari uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik so'zlarini izhor qilishdi. Shuningdek,ilm - fan yo'nalishlarini rivojlantirish, buning amaliy mexanizmlarini yo'lga qo'yish yuzasidan bir qator konstruktiv takliflarni ilgari surishdi.
Uchrashuvda qayta - qayta tilgan olingan masala - bu kadrlar tayyorlash tizimi bo'ldi. O'zbekistonda bu borada tegishli baza yaratilgan, faqat uni mukammal tizimga aylantirish, buning uchun esa OTM da ta'lim dasturlarini takomillashtirish talab etiladi.
Muloqot chog'ida mikrobilogiya fanini rivojlantirishdan tortib, tog' - kon sanoatiga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, inson resurslarini o'rganish, sotsiologiya faniga e'tibor qaratish, innovatsion texnologiyalar taraqqiyotida yangi zamonaviy yo'nalishlarni ham inobatga olish, investitsion dasturlarni olimlar bilan birgalikda ishlab chiqish, ayniqsa xavfli ob'ektlarda robototexnikani rivojlantirish bilan bog'liq bir qator muhim masalalar ko'tarildi.
Uchrashuvda ma'lum qilinishicha, bugun ilm bilan ishlab chiqarish o'rtasida bog'liqlikni ta'minlash kerak. Oldimizda milliy mahsulotlarimizni qo'shimcha qiymat bilan sotish masalasi ko'ndalang bo'lib turgan ekan, buni ilm - fansiz, texnologiyalarsiz amalga oshirib bo'lmaydi. Shu bois, mazkur muloqotga O'zbekiston bosh vaziri, bosh vazir o'rinbosarlari, vazirlar, agentlik va assotsiatsiyalar, yirik kompaniyalar rahbarlari, qolaversa OTM rektorlari ham taklif etildi. Ularga uchrashuvda bildirilgan takliflarni tahlil qilgan holda 15 kun ichida o'z yo'nalshishlari bo'yicha qarorlar tayyorlash vazifasi yuklatildi.
Umuman, muloqotdada tilga olinmagan yo'nalish qolmadi. Akademiklar dilidagi gaplarini aniq takliflar bilan bildirishdi. Barcha takliflar qog'ozga tushirildi, ularni o'rganish bo'yicha vazifalar belgilandi. Muloqotdan to'g'ri xulosa chiqarib, ilmiy elita salohiyatini to'g'ri yo'naltirish lozimligi ta'kidlandi.
Muloqot so'nggida O'zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev har yili kamida bir marta ilm ahli bilan mana shunday dildan suhbatlashishini va'da qildi.