Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Shavkat Mirziyoyev: Asosiy talab rahbarlarning shaxsiy javobgarligi oshirish, tartib va intizomni kuchaytirishdir

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 16Yanvar2017Manba:uzreport.uz

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag'ishlangan kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Senator va deputatlar, hukumat a'zolari, xo'jalik birlashmalari, yirik korxonalar rahbarlari, viloyatlar hokimliklari ishtirok etgan yig'ilishda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma'ruza qildi. Birinchi marta videokonferensiya shaklida o'tkazilgan majlisda respublika tarmoqlari va hududlarini rivojlantirish bo'yicha asosiy prognoz ko'rsatkichlarining bajarilishi, ishlab chiqarishni tarkibiy o'zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, sanoat, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarini foydalanishga topshirish, eksportga yo'naltirilgan mahsulotlar turlari va hajmlarini kengaytirish kabi masalalar tahlil qilindi. Shunindek, ijtimoiy dasturlarning bajarilishi tanqidiy ko'rib chiqildi.

Hukumat majlisida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma'ruza qilib, 2016 yil har jihatdan murakkab yil bo'lganligi, ammo shunga qaramasdan Prezident saylovlari davlat tizimlaring mustahkamligi, xalqimizning jipsligini ko'rsatganligini e'tirof etdi.

2017 yil ezgu maqsadlar bilan "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e'lon qilindi.Vazirlar Mahkamasi yig'ilishining mazmuni ham aynan shu tamoyildan kelib chiqib belgilandi.

Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, 2016 yilda Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan o'zbek modeli asosida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirishda ijobiy ko'rsatkichlarga erishildi. Mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlik ta'minlanib, iqtisodiyotning yuqori o'sish sur'atlari ta'minlandi.

Buning natijasida YAIM 7,8 % ga, sanoat masulotlarini ishlab chiqarish 6,6%, qishloq xo'jaligi 6,6% qurilish 12,5 % , chakana savdo 14,4 % ga o'sdi. Davlat byudjeti YAIM ga nisbatan 0,1 % ga profitsit bilan bajarildi. Inflatsiya darajasi prognoz qilingan paramentlardan oshmadi. O'tgan yili iqtisodiyotga 16,6 mlrd. dollarlik investitsiyalar jalb qilingan bo'lib, ularning 3,8 % to'g'ridan to'g'ri xorijiy sarmoyalar bo'ldi. Bu 2015 yilga nisbatan 15 % ga ko'p. Ular asosida 164 ta yirik loyiha amalga oshirildi. Mamlakatimizda 32 mingta yangi xususiy korxona ochildi. Bu 2015 yilga qaraganda 18 % ga ko'p. Xususiy sektorning YAIM dagi ulushi 56,9 % ga yetdi. Ko'rilayotgan davrda aholining real daromadlari 11 % ga o'sdi. "Sog'lom ona va bola" davlat dasturini amalga oshirishga barcha manbaalar hisobidan 8 trln. so'm va 212 mln. dollar sarflandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o'z ma'ruzasida asosiy e'tiborni muammolar, ularni hal etish yo'llari, bu borada foydalanilmagan zaxiralar va imkoniyatlarga qaratdi. 2017- 2021 yillarda O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha harakat strategiyasi loyihasidan kelib chiqib davlatimiz rahbari joriy yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturning eng muhim 11 ta vazifasini belgilab berdi.

Xalq bilan muloqot qilish joriy yil uchun eng ustuvor vazifa bo'lib qoladi. Bunda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo'lga qo'yishning yangi va samarali usullarini amalga tadbiq etiladi, barcha darajadagi hokimlar, prokurorlar va ichki ishlar idoralari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimi yo'lga qo'yiladi. Shuningdek. Prezidentning hududlardagi xalq qabulxonalari va virtual qabulxonasi ishini samarali tashkil etish,fuqarolarning murojaatlarini qisqa muddatlarda, sinchiklab ko'rib chiqish lozimligi Prezident ma'ruzasida qayd etildi. Bosh vazir rahbarligida tuzilgan ishchi komissiyaga bir hafta ichida 2017 yilga mo'ljallangan davlat dasturi loyihasini qayta ko'rib chiqish va uni tasdiqlash uchun kiritish vazifasi yuklandi.

Davlatimiz rahbari mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini saqlab qolish, milliy valyuta va ichki bozordagi narhlarning barqarorligini ta'minlash yuzasida ham asosiy vazifalarni belgiladi. Davlat byudjetida defitsitga yo'l qo'ymaslik zarur. Byudjet tushumlari bajarilmasa, makroiqtisodiy ko'rsatkichlar ham bo'lmaydi, deydi davlatimiz rahbari.

Qolaversa, aholining tadbirkorlik imkoniyatlarini o'rganish, bu faoliyat bilan shug'ullanayotganlarni qo'llab quvvatlash, ularga amaliy ko'mak berish barcha davlat idoralarining kundalik qoidasiga aylanmog'i lozim. Hayotningo'zi oldimizga bu boradagi muammolarning amaliy yechimini topishdek yangi va murakkab vazifalarni qo'ymoqda, deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari hukumat oldiga iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirish yuzasidan aniq vazifalar qo'ydi. Valyuta balansini to'ldirishning kafolatlangan manbai sanalgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish, faol investitsiya siyosatini davom ettirish, mamlakatning eksport salohiyatini yanada oshirish, mahsulotlarni mahalliylashtirish bo'yicha belgilangan reja va dasturlarni bajarish shular jumlasidandir.

Prezident o'z ma'ruzasida shuningdek, mahsulotlar raqobatdoshligini oshirish, standartlashtirish tizimini qayta ko'rib chiqish bo'yicha bajarilishi lozim bo'lgan ishlarni sanab o'tdi. Xususan, O'zbekiston bu yil 10,8 mlrd. dollarlik mahsulotlarni xalqaro bozorlarda sotishi lozim. Tadbirkorlik sub'ektlari eksportini kamida 1,5 mlrd. dollarga yetkazish zarur. Ayniqsa, meva- sabzavot mahsulotlari eksporti, ularni qayta ishlashga jiddiy e'tibor qaratish kerakligi ta'kidlandi. Buning uchun eksportyor korxonalarning harakat dasturini puxta ishlab chiqish, sanoat yarmarkalari davomida imzolangan 7,7 mlrd. dolarlik shartnomalarni amalga oshirish, yangi bozorlarni topish bo'yicha boshlangan ishlarni davom etish zarur.

O'zbekiston Prezidenti ma'ruzasida ijtimoiy sohalarda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlarga ham e'tibor qaratdi. Aholi salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholini maqbul narhlardagi dori vositalari bilan ta'minlash yuzasida ustuvor vazifalar belgilandi. Qolaversa, aholi bandligini ta'minlash, joylarda yangi ish o'rinlarini yaratish, kollejlar bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo'yicha aniq ko'rsatmalar berildi.

Yig'ilishda shuningdek, yo'l transport, muhandislik- kommunikatsiya,ijtimoiy infratuzilma dasturlarini bajarish, shaharsozlik va loyihalash ishlari samaradorligini oshirish yuzasidan aniq takliflar bildirildi. Loyiha va dasturlarga javobgar ayrim vazirlik va idoralar faoliyati tanqidiy baholandi. Yig'ilishda Vazirlar Mahkamasi komplekslar rahbarlari, iqtisodiyotning ustuni bo'lgan vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlar rahbarlarining yuzaga kelgan vaziyat bo'yicha hisobotlari tinglandi.

Maqsad kimnidir,qaysidir sohani tanqid qilish emas, balki muammolar yechimini topib, mavjud zaxira va imkoniyatlarni aniqlab olish, shu orqali iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, halq farovonligini oshirish ekanligi e'tirof etildi. Belgilangan barcha vazifalarni bajarish, bu borada kutilgan natijaga erishish uchun rahbarlarning shaxsiy javobgarligi oshirish, tartib va intizomni kuchaytirish asosiy talab ekanligini ta'kidlandi.