Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Shavkat Mirziyoyev: Mahallarda jinoyatga qarshi muhit yaratilsa, jinoyat bo'lmaydi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 3 Iyun 2017 Manba:uzreport.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon faollari bilan uchrashdi. Andijonliklar kayfiyatida qanday o'zgarishlar bo'lyapti.? Bu yerga ana shu oddiy, ko'ndalang savolga javob topish maqsadida yig'ildik, dedi video selektor tarzida o'tkazilgan yig'ilishda Prezident.
Umuman andijonliklar bilan uchrashuv har doimgidan boshqacha o'tdi. Ma'ruzabozlik yoki baland-parvoz gaplardan voz kechildi.
Andijonliklarning yuragidagi gaplar eshitildi. Shu o'tgan yarim yil davomida nimalar qilindi? Yil oxirigacha yana qanday amallar bajarilishi lozim? Yig'ilish ana shu kabi muhim savollar tahliliga bag'ishlandi.
Davlatimiz rahbari xalq qabulxonalari faoliyatiga alohida to'xtalib o'tdi. Ushbu mexanizm nima uchun yo'lga qo'yilganligiga e'tibor qaratdi. Xalq qabulxonalari orqali aholi talab qilishni, ijro organlari esa xalqqa tug'ri munosabatni o'rganayotganligi qayd etildi.
Prezident shuningdek, viloyatda jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish eng asosiy masalalardan biri ekanligini ta'kidlab o'tdi. Mahallarda jinoyatga qarshi muhit yaratilsa, jinoyat bo'lmaydi, dedi Prezident.
Uchrashuvda aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatish sifatini oshirish, birlamchi-sanitariya tizimi muassasalari faoliyatini yaxshilash masalasiga ham alohida urg'u berildi.
Viloyatida ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash, yoshlarni turli diniy-estremistik oqimlar ta'siridan asrash kabi masalalar ham ko'tarildi. Muammolarga befarq bo'lmaslik jamiyatning asosiy burchi, deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev.