Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Shavkat Mirziyoyev: Milliy armiya minglab yigitlar uchun chinakamiga mardlik va vatanparvarlik maktabiga aylandi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 13Yanvar2017Manba:uzreport.uz

“O'zbekiston” anjumanlar saroyida Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 25 yilligi hamda “ 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni” ga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo'mondoni Shavkat Mirziyoyev, shuningdek senator va deputatlar, hukumat a'zolari, askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz fahriylari, harbiylarning ota-onalari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Milliy armiyamiz yurtimiz tinchligi, mamlakatimiz xavfsizligi va sarhadlarimiz dahlsizligining mustahkam qalqonidir. Shuning uchun ham xalqimiz “Vatan himoyachilari kuni” ni milliy bayram sifatida keng nishonlaydi. Harbiy xizmatchilarimizni esa tinch va obod hayotimiz posbonlari sifatida e'zozlaymiz.
Marosim O'zbekiston Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so'ng O'zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 25 yilligi bilan vatan himoyachilarini samimiy muborakbod etdi.
Davlatimiz rahbari shonli bayram kuni mustaqilligimiz asoschisi, milliy armiyamiz tamal toshini qo'ygan birinchi Prezidentimiz xotirasiga hurmat bajo keltirib, o'tgan 25 yil davomida qo'lga kiritgan barcha yutuqlarimiz Islom Karimov nomi bilan bog'liq ekanligini yana bir bor yodga oldi.
1992 yil 14 yanvar, mamlakatimiz hududidagi barcha harbiy tuzilmalar O'zbekistonning huquqiy tassarrufiga o'tkazilgan va aynan shu kundan milliy armiyaga asos solingan.
Sobiq ittifoq hududida to'qnashuvlar avj olgan murakkab bir sharoitda O'zbekiston Qurolli Kuchlarining tashkil etilganligi buyuk ish bo'lganligini Shavkat Mirziyoyev o'z nuqtida alohida ta'kidladi.
Darhaqiqat, 25 yillik tarixan qisqa davr mobaynida mamlakatimiz mustaqilligi, hududlarimiz yaxlitligi, chegaralarimiz dahlsizligi hamda xalqimizning tinchligi- osoyishtaligini himoya qilishga qodir Qurolli Kuchlar shakillandi. O'tgan davr mobaynida harbiy boshqaruvning samarali tizimi yaratildi, harbiy kadrlarni tayyorlash bo'yicha prinsipial jihatdan yangi asosga o'tildi, qo'p tarmoqli kursantlarni o'qitish tizimi yo'lga qo'yildi. 1995 yilda Qurolli Kuchlar akademiyasi, 2001 yilda Serjantlar tayyorlash maktabining tashkil etilganligi bu borada muhim qadamlardan biri bo'lganligini e'tirof etish zarur.
Muddatli harbiy xizmatga chaqiruv isloh qilindi. Eng asosiysi jamiyatimizda armiyaga bo'lgan munosabat, harbiy qismlarda ma'naviy muhit tubdan o'zgardi. Shu bois bugun milliy armiya muqaddas yigitlik burchini anglab yetgan minglab yigitlar uchun chinakamiga mardlik va vatanparvarlik maktabiga aylandi. Bir vaqtlar ko'zida yosh, yuragida xavotir bilan farzandini harbiy xizmatga kuzatgan ota-onalar bugun fahr tuyg'usini his qilishmoqda. Kuchli armiyamiz esa mamlaktimizda amalga oshirilayotgan barcha islohatlarga ishonchli kafolat bo'lib kelmoqda.
Jahon va mintaqada vaziyat keskin o'zgargan, turli taqdidlar kuchaygan hozirgi vaqtda sohada erishilgan yutuqlar va yo'l qo'yilgan kamchiliklarni tanidiy tahlil etishni davrning o'zi taqazo qilmoqda, deydi davlatimiz rahbari. Ayni shu ma'noda puxta o'ylangan harakatlarni davom ettirish, milliy xavfsizlik konsepsiyasini doimiy yangilab borish, real vaziyatdan kelib chiqib yaqin qo'shnilar bilan aloqalarni rivojlantirib borish ustuvor vazifa bo'lib qoladi.
Bundan tashqari, O'zbekiston hech qanday harbiy bloklarga qo'shilmaydi, xorijiy davatlar harbiy bazalarining mamlakatimizda jorylashuviga yo'l qo'yilmaydi. Harbiy xizmatchilarimiz tinchlik yo'lidagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etmaydi.
Shu bilan birga tahdildlarga munosib zarba bera oladigan mudofaa doktrinasi qayta ko'rib chiqilishi, bu borada yagona izchil strategiya ishlab chiqilishi lozim. O'zbekiston Prezidenti, Kurolli Kuchlar Oliy Bosh qo'mondoni milliy armiyaning kuchi va salohiyatini mustahkamlash bo'yicha amalga oshirilishi kerak bo'lgan vazifalarni birma bir sanab o'tdi.
Qurolli Kuchlarning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish, qo'shinlarning tayyorgarligi bo'yicha yangicha yondoshuvni ishlab chiqish, harbiy kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash muhimligi aytib o'tildi. Bu borada yangi Qurolli Kuchlar akademiyasini tashkil etish birinchi darajali vazifa sifatida belgilandi.
Davlatimiz rahbari o'z ma'ruzasida harbiy xizmatchilarning ijtimoiy ta'minoti, ularni imtiyozli ipoteka krediti asosida uy - joy bilan ta'minlashga ham alohida e'tibor qaratdi. Shu yilning o'zida harbiylar uchun uch qavvatli 56 ta uy qurilishini ma'lum qildi.
Qurolli Kuchlarimiz Oliy Bosh qo'mondoni o'z ma'ruzasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash vazifasini ham ko'tardi. Aynan shu masala har bir davlatning ma'naviy asosi hisoblanadi. Muddatli harbiy xizmatdan qaytgan yoshlarni ish bilan ta'minlash bo'yicha davlat organlari zimmasiga aniq vazifalar qo'yildi. Tilga olingan barcha vazifalarni amalga oshirish uchun esa bor kuch va imkoniyatlarni safarbar qilish kerakligi ta'kidlandi.
Ma'rosida O'zbekistogn Prezidenti farmoni bilan bir guruh harbiy xizmatchilarga davlat mukofotlari topshirildi. Oliy Bosh qo'mondonning shaxsan o'zi taqdirini vatan himoyasi bilan bog'lagan, yurti va xalqiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan er yigitlar ko'ksiga orden va medallarni taqib qo'ydi.
Tadbirda shuningdek Mudofaa vazirligi, Huquqni muhofaza qilish organlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlariga harbiy unvonlar katta tantana bilan topshirildi. Tantanali marosim O'zbekiston san'at ustalari ishtirokidagi bayram dasturi bilan davom etdi.
El yurt oromi deb oromidan kechgan vatanimiz posbonlari, tinchligimiz himoyachilari siz bor ekansiz xatar nimaligini bilmaymiz. Mustaqil vatanimizning mustahkam qalqonlari, vatan himoyachilari bayramingiz muborak bo'lsin!