Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Sochim uzra anor gullari

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 02 Dekabr 2016 Manba:mcs.uz

Poytaxtimizdagi Madaniyat va san’at ko‘rgazma zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag‘ishlab "Sochim uzra anor gullari” deb nomlangan badiiy ko‘rgazma tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari F.Jalolov va boshqalar istiqlol yillarida ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.
Asosiy qonunimizda belgilangan tamoyillarga ko‘ra mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarning millati, diniy e’tiqodidan qat’i nazar, ijodiy-intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishga, iste’dodini to‘laqonli namoyon etishga muttasil e’tibor qaratilmoqda. San’at va boshqa ijodiy jabhalarda yurtimizning boy madaniy-tarixiy merosi, milliy qadriyatlarini o‘rganish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Davlat ko‘magi va qo‘llab-quvvatlashi orqali yurtimizning barcha hududlarida to‘qimachilik, kashtado‘zlik, kulolchilik kabi milliy hunarmandlik maktablarini qayta tiklash uchun keng sharoitlar yaratildi.
Mazkur ko‘rgazmaga «Sochim uzra anor gullari» degan lirik-badiiy nom berilishi bejiz emas, albatta. Anor xalqimizda to‘kislik, fayzu baraka, ahil oila, barkamollik timsoli sanaladi. Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan asarlar ushbu g‘oya mazmunini keng va atroflicha ochib bergani bilan ahamiyatlidir.
Ekspozitsiyaning tasviriy san’at bo‘limida A.Nur, Y.Tursunnazarov, I.Valixo‘jaev, E.Jo‘raev singari musavvirlarning kartinalari o‘rin olgan bo‘lsa, amaliy-dekorativ san’at yo‘nalishida Z.Karimova, X.Toipov, Ye.Malseva, N.Subhonova, I.Burmistrova kabi ustalarning kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi, matoga gul chizish, zargarlikka oid asarlari bilan tanishish mumkin. Bu yerda zamonaviy uslubdagi installyatsiya asarlari mualliflari N.Qo‘zieva, N.Glubokinaning ishlariga keng o‘rin berilgan.