science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

TЕRDU RЕKTORINING DЕNOV FILIALI PROFЕSSOR-O‘QITUVCHILARI VA TALABALARI BILAN NAVBATDAGI OCHIQ MULOQOTI

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 19 Fevral 2018 Manba:edu.uz

2018 yilning 16 fevral kuni Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov universitetning Denov filiali professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqot davomida jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida filial o‘quv jarayonini xalqaro ta’lim standartlari darajasiga ko‘tarish, yoshlarning ijodiy g‘oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish orqali ularning bilim va kasbiy kompetentligini oshirish masalalari ta’kidlab o‘tildi.
Bugungi kunda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, professor-o‘qituvchilarga qo‘yilayotgan talablar haqida to‘xtalib, professor-o‘qituvchilar o‘z kasbiy mahorat hamda malakalarini muntazamoshirib borishlari, mutaxassislik sohasida nafaqat O‘zbekiston, balki, xorijning eng ko‘zga ko‘ringan olimlari tadqiqot yo‘nalishlari, fan nazariyasiva uningamaliy tadbiqi bo‘yichaqo‘lga kiritilgan yutuqlardan boxabar bo‘lishlari va buning uchun o‘zlarining bor kuch va imkoniyatlaridan keng foydalanishlarimuhimligi, xorijiy hamkor oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishi uchun barcha sharoitlar yaratilganligi e’tirof etildi.
Ayniqsa, talabalarning mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarini mutolaa qilishga, ma’rifatli bo‘lishga sarflashlarini rag‘batlantirish uchun Termiz davlat universitetidan filial axborot-resurs markaziga mingdan ziyod bosma, besh mingdan ortiq elektron shakldagi eng sara adabiy-badiiy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-nazariy, ilmiy-ommabopadabiyotlarning keltirilganligi, yoshlar ularni o‘qib,keng bilim va tafakkurga, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishlari lozimligi borasidagi rektorning fikrlari talabalarni ruhlantirib yubordi, yangi marralarni egallash uchun ularga kuch-quvvat baxsh etdi.
Ochiq muloqot o‘z nomi va mazmunidan kelib chiqib, samimiy va konstruktiv ruhda, qizg‘in savol-javoblar tarzida bo‘lib o‘tdi. Unda ayrim muammoli masalalar, innovatsion taraqqiyotning hududiy muammolarini o‘rganish va ularni hal qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha takliflar erkin tarzda bayon qilinib, o‘zaro fikr-mulohaza almashildi.