science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

TA’LIM DASTURLARINI TAKOMILLASHTIRISHGA INNOVATSION YONDASHUVLAR

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 5 Mart 2018 Manba:edu.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son, shuningdek 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 26 fevral - 2 mart kunlariBosh ilmiy metodik markazda O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi, Bat universiteti (Angliya)bilan hamkorlikda zamonaviy yondashuvlar asosida iqtisodiyot yo‘nalishidagi ta’lim dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha Yo‘l xaritasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.
Seminar-treningda Bat universiteti (Angliya) professorlari Stiven Pavelin va professor Ian Kroford, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining professor o‘qituvchilari va magistratura talabalari ishtirok etmoqda.
Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or ish tajribalari, shuningdek amaliyotchi mutaxassislar, ish beruvchilar va bitiruvchilarning fikr-mulohazalari tahlil etilib,ta’lim dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi kontseptsiyasini yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.