science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

TAFAKKUR SINOVLARI TANLOVINING SARALASH BOSQICHLARI O‘TKAZILMOQDA

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 23  Aprel 2018 Manba:edu.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyulda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-son Farmoni, shuningdek Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2018 yilda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha-chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni O‘zbekistonda siyosiy, huquqiy sohalarida amalga oshirilgan islohotlar, o‘zgarishlar va erishilgan yutuqlar bo‘yicha tarix, siyosiy-huquqiy bilimlari darajasini aniqlash, nazariy bilimlarini hayotga tatbiq etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining 2018 yilgi mavsum bellashuvlari o‘tkazilmoqda.
Tanlov 20 ta guruhga bo‘lingan holda tashkil etilgan bo‘lib, joriy yilning 25 aprel kuniga qadar davom etadi. Saralash bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar tanlovning may oyida tashkil etiladigan hududiy bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.