science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

TATU DELEGATSIYASI KOREYANING YIRIK UNIVERSITETLARIDA BO‘LDI

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 5 Mart 2018 Manba:edu.uz

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev boshchiligidagi delegatsiya Koreyaning yirik universitetlarida bo‘ldi. Uchrashuvlarni tashkil etishda KOICA muassasasi, jumladan tashkilot ekspertii Dr. Jeon Byung Wook alohida jonbozlik ko'rsatdi.

Tashrif doirasida Songyungvan, Shinxan universitetlari, Seul milliy fan va texnologiyalar universiteti (SeoulTech), Koreya fan va ilg‘or texnologiyalar universiteti (KAIST), Koreya media va san’at univsiteti (KUMA), Elektronika va telekommunikatsiyalar ilmiy instituti (ETRI), Jeju milliy universiti (JNU) rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Koreya Respublikasi axborot texnologiyalari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha milliy agentligi (NIPA) prezidenti Yun Jong-Lok hamda Koreya axborot jamiyati milliy agentligining global akademiyasi direktori Ox Kang-Tak bilan muzokaralar olib borildi.

Ta’kidlash joizki, tashrif davomida Koreyaning yetakchi universitetlari bilan Anglashuv memorandumlari imzolandi. Ushbu hujjatlarda Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlarida o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar va o‘qituvchilarni o‘zaro almashishda hamkorlik qilish, TATUda kredit ta’lim tizimini joriy qilish, iqtidorli talabalarni o‘qitish, TATU o‘quv jarayoniga Koreya universitetlaridan yetakchi professorlarni jalb qilish, qo‘shma ilmiy konferensiyalar, seminarlar, treninglar o‘tkazish, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish kabi kelishuvlar nazarda tutilgan.