TATUda navbatdagi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 22 Март 2017 Manba:edu.uz

22 mart kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekistondagi axborot-kutubxona muassasalari xodimlari, professor-o‘qituvchilar, olimlar va tadqiqotchilarni taraqqiy etayotgan qidiruv texnologiyalari bilan ishlash va jahon ilmiy-ta’limiy resurslar manbalaridan foydalanish bilan tanishtirish va o‘qitish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar va nashr etish sifatini oshirish maqsadida, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Axborot kutubxona tizimlari” kafedrasi ERASMUS+ Milliy ofisi, Oliy ta’limni rivojlantirish sohasida milliy ekspertlar guruhi (HEREs), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi va OOO “E-LINE PRESS” hamkorligida “Elektron kutubxona tarmoqlarida ilmiy-ta’limiy axborotlar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyalari” mavzusida 9-seminar o‘tkazildi.
Seminarga foydalanuvchilar uchun taqdimotlar va mahorat darslarni o‘tkazish maqsadida ilmiy-ta’limiy resurslar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazalarini yaratishga ixtisoslashtirilgan jahonning ilg‘or kompaniyalari (Slarivate Analytics, EBSCO information services, Wiley, ProQuest, Springer+Nature, Oxford University Press, eIFL) vakillari, respublikamizning oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari rahbarlari, kutubxonalar direktorlari va yetakchi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar qatnashdilar.
Seminarning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari M.M. Karimov va TATU rektori T.Teshabaev lar ishtirok etdilar.