science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

TURIZM SOHASI UCHUN KADRLAR TAYYORLASHDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 19  Aprel 2018 Manba:edu.uz

Mamlakatimizning bir necha oliy o‘quv yurtlarida turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlanmoqda bo‘lib, ular o‘rtasida hamkorlikning o‘rnatilishi ta’lim sifatini oshirishda, nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
2018-yilning 19-mart kuni Buxoro davlat universiteti bilan Toshkentdagi Singapur menejmenti rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Shartnomaga ko‘ra, o‘zaro talaba va professor-o‘qituvchi almashinish, o‘quv materiallari tayyorlash, talabalarning amaliyotlarini birgalikda tashkil qilish kabi hamkorlik ko‘rinishlari amalga oshiriladi. Alohida e’tibor turizm ta’limi sohasidagi hamkorlikka qaratilgan.
TSMRI tomonida BuxDU Turizm fakulteti talabalarining ko‘ngilli hamrohlar sifatida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida turistik tashkilotlar bilan olib borayotgan ishlari qiziqish uyg‘otdi. Bunday tashabbuslar talabalarda o‘z kasblariga doir malaka va ko‘nikmalarning shakllanib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kelgusida bu ko‘rinishdagi amaliyotda TSMRI talabalarining ishtirokini ham ta’minlash mumkin. O‘z navbatida TSMRIda onlayn tizimlar orqali ilmiy ma’ruzalarni BuxDU uchun ham tashkil qilish imkoniyatlari mavjuddir. Shuningdek, tomonlar tashkil qilinishi rejalashtirilgan “Turizm tadqiqotlari innovatsion markazi” faoliyati doirasida ham birgalikda ilmiy izlanishlar olib borishga kelishdilar.
O‘rnatilgan hamkorlik munosabatlarining namunasi sifatida 11 aprel kuni TSMRIning bir qator vakillari BuxDU Turizm fakultetida bo‘lishib, talabalar uchun o‘z institutlarining taqdimotini o‘tkazishdi.