Targ'ibotning galdagi bekati ANDIJON!

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 17 Iyun 2016 y Manba:mcs.uz

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan Samarqand viloyatidagi ta’lim muassasalarida madaniyat va san’at namoyondalari tomonidan o‘tkazilgan "Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mazmunidagi targ‘ibot tadbirlari avval xabar berganimizdek mazkur yilning 20 may sanasida yakuniga yetgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Yoshlar madaniyat va san’at markazi hamda qator hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan targ‘ibot tadbirlari endilikda 11-16 iyul kunlari Bobur yurti Andijon viloyatida bo‘lib o‘tadi.
Respublikamizdagi taniqli shoir va yozuvchilar, kino va teatr aktyorlari, san’atkorlar va estrada xonandalari hamda "Nihol” mukofoti sovrindorlaridan iborat targ‘ibotchilar guruhi hozirga qadar bo‘lib o‘tgan tadbirlardan farqli ravishda Andijon viloyatining barcha qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlariga tashrif buyurib madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etadilar.
Joylarda o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar o‘quvchi-yoshlarning mafkuraviy immunitetini yanada kuchaytirishga, ularda vatanparvarlik, shukronalik hissini kamol toptirishga va kelajakka bo‘lgan mustahkam ishonchini yanada orttirishga hamda yoshlarni turli salbiy oqim va yot g‘oyalar, zararli illatlar ta’siridan ishonchli asrash va himoyalashga xizmat qiladi.