Tennis bo'yicha Devis kubogi bahslari

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 21 Iyul 2016 Manba:mcs .uz

Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida tennis bo‘yicha Devis kubogining Osiyo-Okeaniya mintaqasi birinchi guruh ikkinchi bosqich uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy vakillarini 3-2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, jahon ligasining pley-off bahsida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Birinchi kun bo‘lib o‘tgan musobaqaning yakkaliklar o‘rtasidagi dastlabki kungi bahslarida Denis Istomin Di Vuni 6-4, 6-4, 6-2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi uchrashuvda Farrux Do‘stov Ze Jangga 6-1, 4-6, 4-6, 2-6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Qoidaga ko‘ra musobaqaning ikkinchi kuni juftliklar bahsi o‘tkazildi. Unda Denis Istomin va Farrux Do‘stov juftligi Chje Li hamda Mao Xing Gong duetiga qarshi kortga chiqib, to‘rt set yakuniga ko‘ra 6-4, 3-6, 6-3, 6-4 hisobida g‘alaba qozondilar.
Uchinchi kun bo‘lib o‘tgan bahslarda Denis Istomin kutilmaganda Ze Jangga besh set yakunlariga ko‘ra imkoniyatni boy berdi va o‘rtadagi hisob tenglashdi – 2-2.So‘nggi hal qiluvchi uchrashuvda Farrux Do‘stov Di Vudan ustun keldi va terma jamoamizga 3-2 hisobida g‘alaba keltirdi.