Bitiruvchilar klubi

science

       Davlat ramzlari Davlat ramzlari

olimp

Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalarida diniy ekstremizm va terrorizm hamda uning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish bo'yicha profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda

Kiritdi: Admin | O'zgartirigan sana : 2 Феврал 2017 Manba:edu.uz

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2017 yil 23 yanvardan boshlab, Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida diniy ekstremizm va terrorizm hamda uning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida bir qator manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Mazkur profilaktik tadbirlar hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Milliy, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti, O‘zbekiston davlat jahon tillari, Toshkent davlat yuridik, Toshkent davlat iqtisodiyot, Toshkent davlat texnika universitetlari, Toshkent moliya hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutlarida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlarda mutaxassislar tomonidan mamlakatimizda umuminsoniy qadriyat hisoblangan tinchlikni ta’minlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlar, bugungi kunda dunyo hamjamiyati tinchligiga rahna solayotgan diniy ekstremizm, terrorizm va missionerlikning mazmun-mohiyati, uslub-shakllari, yoshlarga ta’sir etish yo‘llari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilmoqda. O‘tkazilayotgan tadbirlarda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan to‘laqonli javoblar olishmoqda.
Tadbirlar davomida “Qiyomatga qolgan qarz” videofilmi namoyish etilmoqda.